AOKA rahbari Britaniya elchisi Torlot bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi

© Mejdunarodnыy press-klubDirektor AIMK Asadjon Xodjayev
Direktor AIMK Asadjon Xodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda Timoti Torlot AOKA bilan barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Ikki tomonlama hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha kelishib olindi.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. AOKA direktori Asadjon Xodjayev Buyuk Britaniya elchisi Timoti Torlot bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi.

Asadjon Xodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbek matbuotida tsenzura bormi? Asadjon Xodjayev jurnalistlar savollariga javob berdi

Unda Oʻzbekistonda soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada mavjud muammolar tahlil etildi, axborot-kutubxonachilik yoʻnalishi boʻyicha uzoq yillik hamkorlikni samarali davom ettirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqotda Torlot matbuot kotiblari, jurnalistlar va blogerlar, umuman, axborot sohasi vakillarining malakasini oshirish, xususan, Buyuk Britaniya mediakompaniyalari tajribasi bilan yaqindan tanishtirish taklifini toʻliq qoʻllab-quvvatladi, bu jarayonga xususiy ommaviy axborot vositalari jalb etilishi alohida qayd etildi.

"Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri — Agentlikning axborot makonidagi oʻrni va rolini tahlil etib, ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olish, — dedi Asadjon Xodjayev. — Chunki tegishli qonunchilik boʻyicha Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda ularni amalga oshirish uslubini takomillashtirish zarurati mavjud, shu bois xalqaro tajribani chuqur oʻrgangan holda, oʻz ish uslubimizni zamonaviy va yangicha yondashuvlar asosida tashkil etmoqchimiz. Bu borada bizga Buyuk Britaniya tajribasi foydali boʻladi, deb oʻylayman".

Uchrashuvda Timoti Torlot AOKA bilan barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Ikki tomonlama hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader