BMT 2021-yilda eng og‘ir gumanitar inqirozni bashorat qildi

Obuna bo‘lish
BMT vakilining ta’kidlashicha, qurolli to‘qnashuvlar tufayli so‘nggi to‘rt yil ichida halokatli ochlik yoqasida turganlar soni 80 milliondan 135 millionga ko‘paygan. Ammo pandemiya tufayli ularning soni 270 millionga yetgan

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. 2021 yilda dunyo 75-yil ichidagi eng og‘ir gumanitar inqirozga duch kelish xavfi ostida, deb bayonot qildi BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi direktori Devid Bizli, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining COVID-19ga qarshi kurashga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilishida. RIA Novosti xabari asosida.

Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy (OON) Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo xalqaro hamkorlik sinovidan o‘ta olmadi - Guterresh bayonoti

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yil "ushbu bosqichda guvohi bo‘lgan holatlarga tayanib, aytish mumkinki, haqiqiy ma’noda halokatli bo‘ladi".

Bizlining ta’kidlashicha, qurolli to‘qnashuvlar tufayli so‘nggi to‘rt yil ichida halokatli ochlik yoqasida turganlar soni 80 milliondan 135 millionga ko‘paygan. Ammo pandemiya tufayli ularning soni 270 millionga yetdi, deb qo‘shimcha qildi u.

"Biz 19 trillion dollar sarflaganimizdan beri, bu pul, ehtimol 2021-yilda bo‘lmasligi mumkin va bo‘lmaydi. Iqtisodiy tanazzul yuz bermoqda va ehtiyojlar ikki baravarga oshdi", - deya tushuntirdi Bizli.

Ammo, agar biz kerakli mablag‘larni to‘play olsak, dunyo hamjamiyati gumanitar inqirozni yengadi, deb ta’kidladi Bizli.

Yangiliklar lentasi
0