Jamiyat

Britaniyalik lordning rafiqasi Guli Muradova siyosiy karyerani boshlash haqida oʻylamoqda

© Foto iz lichnogo arxiva ledi Guli MuradovoyGuli Muradova s mujem
Guli Muradova s mujem - Sputnik Oʻzbekiston
Muradovaning taʼkidlashicha, u hozirda Oksford universitetida yetakchilik boʻyicha tahsil olmoqda hamda oʻzbekistonlik ayollar uchun liderlik va gender tenglik masalalarida bepul onlayn-darslar oʻtib kelmoqda.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Britaniyalik lord Muhammad Iltaf Sheyxning rafiqasi, kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan Guli Muradova siyosiy karyeraga qadam qoʻyish niyatidaligini maʼlum qildi.

Ledi Guli Muradova vmeste s suprugom lordom Muxammad Sheyx Iltafom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Haqiqiy jentelmen": ledi Guli nega lordga turmushga chiqqanini tushuntirdi

U bu haqda yaqinda tojikistonlik Daun sindromiga chalingan bolalar uchun Ezgu iroda elchisi maqomini olganidan soʻng, Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qildi.

"Katta siyosatga qadam qoʻyish rejam bor. Buni inkor etmayman, ammo hammasini vaqt koʻrsatadi. Lord janoblari menga hamisha siyosatda ayollar koʻp boʻlishi kerak, deb takrorlaydilar. U kishi ayollar hukumatda, rahbar lavozimlarida koʻproq koʻrishni, gender tenglik boʻlishini istaydilar", - dedi Guli Muradova, "siyosatchi boʻlish niyatingizga lord qanday munosabatda", degan savolga javoban.

Muradovaning taʼkidlashicha, u hozirda Oksford universitetida yetakchilik boʻyicha tahsil olmoqda hamda oʻzbekistonlik ayollar uchun liderlik va gender tenglik masalalarida bepul onlayn-darslar oʻtib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala