Fargʻonada jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etiladi

Uch oy muddatda institutga yuqori salohiyatga, fan nomzodi, fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar jalb etiladi.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Ministr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
COVID ikkinchi toʻlqini, vaktsina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Qarorga muvofiq, Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali negizida Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etiladi.

Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi yangi institutning klinik bazasi etib belgilanadi.

Institutda yetakchi xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda, zamonaviy taʼlim dasturlari asosida tor sohadagi mutaxassisliklar boʻyicha shifokorlar tayyorlanadi.

Institutga qabul har yili belgilanadigan davlat buyurtmasi parametrlari doirasida va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi;

Uch oy muddatda institutga yuqori salohiyatga, fan nomzodi, fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar jalb etiladi.

Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor-oʻqituvchilar xizmat uylari bilan taʼminlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala