Norboyeva blogerlar uning "jinsiy tarbiya" haqidagi gapini notoʻgʻri tushunishganini aytdi

Oliy Majlis Senati raisi, gender tenglik komissiyasi rahbari Tanzila Norboyeva mamlakatimizda jinsiy tarbiyani joriy qilish taklifini ilgari surganda uni jurnalist va blogerlar notoʻgʻri tushinishganini aytdi.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi, gender tenglik komissiyasi rahbari Tanzila Norboyeva blogerlar va jurnalistlar uning jinsiy tarbiya haqidagi gaplarini mutlaqo notoʻgʻri tushinishganini aytdi.

Jenщina derjit za ruku rebenka - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Surxondaryoda uchinchi sinf bolasi qishloqdoshi tomonidan zoʻrlandi

Norboyeva bu haqda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishga bagʻishlangan yigʻilishda gapirdi.

"Ajrimlarning 15 foizi bepushtlik oqibatida boʻlyapti. Bu yerda nafaqat ayollarning, balki erkaklarning ham bepushtligi bor. Shuning uchun men jinsiy tarbiya haqida gapirganimda blogerlar va jurnalistlar mutlaqo notoʻgʻri tushinishdi. Men jinsiy tarbiya deganimda aynan yosh qizlarimizni ham ginekologga olib borib tekshirtirish, oʻgʻil bolalarni ham urologga olib borib tekshirtirish kerakligini aytdim. Shunda shamollash asoratlarining oldini olish mumkin", – deb aytgan Senat raisi. Norboyeva sщzlarida "Gazeta.uz" iqtibos keltirmoqda.

Shuningdek, Norboyeva odamlar ajrim koʻpayishida mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va IIVni aybdor qilishayotganini aytdi. Lekin ayblash emas balki sabablarni bartaraf qilish kerakligi taʼkidlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala