OAV: Oʻzbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i oxrana
Shavkat Mirziyoyev i oxrana - Sputnik Oʻzbekiston
Alisher Usmonov ilgari Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2007 yilda u II darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlangan.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Alisher Usmonov Oʻzbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga rais etib tayinllandi, deb xabar berdi mahalliy OAVlar.

Teloxranitel Sadullo Muxammadkulov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimovning tan soqchisi bilan suhbat

Xususan, "Gazeta.uz" hukumatdagi bir necha manbalariga tayanib bu haqda xabar qilgan.

Kun.uz nashri ushbu tayinlov joriy yil oktyabr oyi oxirlarida amalga oshirilganligini taʼkidlamoqda.

Alisher Usmonov ilgari Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2007 yilda u II darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyida Oʻzbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Bahodir Toshmatov Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibining oʻrinbosari etib tayinlangan edi. 

Bahodir Toshmatov shu yilning martidan Prezident davlat xavfsizlik xizmatini boshqarib kelayotgan edi, 2017−2020 yillarda Milliy gvardiya qoʻmondoni boʻlib ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala