Oʻzbekistonga uchadigan Rossiya aviakompaniyalari roʻyxati kengaydi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishVozobnovleniye aviasoobщeniya mejdu OAE i Rossiyey
Vozobnovleniye aviasoobщeniya mejdu OAE i Rossiyey - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Federatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasining turli shaharlariga parvozlarni amalga oshiradigan aviakompaniyalar roʻyxatini kengaytirdi

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Rosaviatsiya tegilshi litsenziyaga ega bir nechta aviakompaniyalarga fuqarolarni yoki yuklarni tashish boʻyicha chet elga xalqaro reyslarni amalga oshirish huquqini berdi. Aviakompaniyalar roʻyxati idora sayti qarorida eʼlon qilingan.

Otkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston 33ta davlatga chegarasini ochdi, Oʻzbekiston ham roʻyxatda

11ta aviakompaniyalar ichida eng koʻp yoʻnalishda parvozlarni amalga oshirish huquqini AZUR air kompaniyasi qoʻlga kiritgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlariga parvoz punktlari orasida Oʻzbekiston ham bor.

Rosaviatsiya qaroriga muvofiq, endilikda "IrAero", "Severnыy veter", "Red Vings" kabi aviakompaniyalar haftasiga 2-5 martagacha Rossiyaning Nijnevartovsk, Moskva, Krasnoyarsk, Ufa, Yekaterinburg, Rostov-Dondan Oʻzbekistonning Andijon, Namangan, Fargʻona va Samarqand singari shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi mumkin.

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga ham parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar soni ortgan. Xususan, AZUR air Irkutskdan Tojikistonga, "Severnыy veter", "Red Vings", "AZUR eyr", "Azimut", "Severnыy Veter" - Qozogʻistonga, "Severnыy veter" esa Qirgʻiziston(Bishkek)ga parvozlarni amalga oshirish huquqini qoʻlga kiritgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala