Jamiyat

Umrni oʻn yilga uzaytiruvchi toʻrt omil

Spirtli ichimlikni meʼyorda isteʼmol qilish erta oʻlim xatarini 17-18 foizga kamaytirsa, chekish inson hayotini oʻn yilga qisqartiradi, deb taʼkidlashadi maqola mualliflari

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Umr davomiyligini oʻn yilga uzaytira oladigan toʻrtta odat aniqlandi, deb xabar qilmoqda Express nashri amerikalik olimlar tomonidan oʻtkazilgan qator tadqiqotlarga tayangan holda.

Izmereniye arterialnogo davleniya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Olimlar umrni bir necha yilga uzaytirish usulini aniqlashdi

Xususan, olimlar meva va sabzavotlar hamda donli mahsulotlarga boy Oʻrtayer dengizi parheziga amal qilishni tavsiya etishmoqda. Bunday oziqlanish onkologik va yurak-qon tomir, metabolizm sindromi, tushkunlik va miya holatining yomonlashishi singari  kasalliklar paydo boʻlishi xavfini pasaytiradi.

Ikkinchidan, stress darajasini pasaytirib, hayotda quvonchli lahzalarni izlash lozim. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, baxtli insonlarda erta hayotdan koʻz yumish holatlari 3,7 %ga pasayar ekan. Bunday insonlar ularga koʻra kamroq baxtli insonlardan koʻra 18 foiz koʻp yashashlari mumkin.

Ekspertlar quvonch keltiruvchi xobbini topishni maslahat berishmoqda.

Bu xobbi ijodiy ish, vaqtni hayvonlarga bagʻishlash, jismoniy mashqlar va meditatsiya bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Shuningdek, zararli odatlar - spirtli ichimliklar va chekishdan voz kechish lozim.

Spirtli ichimlikni meʼyorda isteʼmol qilish erta oʻlim xatarini 17-18 foizga kamaytirsa, chekish inson hayotini oʻn yilga qisqartiradi, deb taʼkidlashadi maqola mualliflari.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala