Qirg‘iziston o‘z chegarasini barcha davlatlar fuqarolari uchun ochdi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishKontrolno-propusknoy punkt na granitse c Kirgizstanom
Kontrolno-propusknoy punkt  na granitse c Kirgizstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal avval respublikaga 33ta davlat fuqarolarigagina kirishga ruxsat berilgan edi. Ayni vaqtda barcha ta’qiqlar olib tashlanganligi ma’lum qilinmoqda

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Qirg‘iziston hukumati "Manas", "O‘sh", "Issiq-Ko‘l" xalqaro aeroportlari orqali kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni o‘tkazish to‘g‘risida qarorni qabul qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Vozobnovlenie aviasoobsheniya mejdu OAE i Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga uchadigan Rossiya aviakompaniyalari ro‘yxati kengaydi

Sal avval mamlakatga 33ta davlat fuqarolari kirishi mumkinligi aytilgan edi. Hozirda barcha cheklovlar olib tashlangani ma’lum qilinmoqda.

"2020 yilning 4-dekabridan boshlab chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Qirg‘iziston Respublikasiga avia-tashuvlar orqali qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kirib kelishlari mumkin", - deyiladi vazirlik relizida.

Idora xabariga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar COVID-19 yo‘qligi haqidagi PSR-tahlil natijalarini taqdim etgan taqdirdagina samolot bortiga chiqarilishini eslatib o‘tgan. Ushbu ma’lumot parvoz oldidan oxirgi 72 soat vaqt davomida olingan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, 2021-yilga rejalashtirilgan prezidentlik va Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari saylovlariga xalqaro kuzatuvchilarni qabul qilishni ta’minlash maqsadida hukumat Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlarining taklifiga binoan Qirg‘izistonga kuzatuvchi sifatida boradigan chet elliklarga ruxsat berishga qaror qilgan.

Yangiliklar lentasi
0