Siyosat

"Yordam kerak". Tixanovskaya AQShdan Minsk boʻyicha yangi sanktsiyalar qabul qilishni soʻradi

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya AQShning amaldagi maʼmuriyatiga koʻmak uchun minnatdorlik bildirish maqsadida Vashingtonga bormoqchi

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya AQSH hukumatiga amerika yetakchisining Belarusga nisbatan sanktsiyalar kiritish vakolatlarini kengaytiruvchi qonun loyihasini imkon qadar tezroq qoʻllab-quvvatlashni soʻrab murojaat qildi, deb xabar bermoqda Sputnik radiosi.

Kandidat v prezidentы Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvыbornogo mitinga v parke Drujbы Narodov v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Sirtqi kredit? Tixanovskaya Yevropa ittifoqidan yordam paketi xususida kelishuvga erishdi

"Biz garchi shunday murakkab oʻtish davrida AQShdan boʻladigan katta yordamga muhtojmiz. Men AQSH kongressini "Belarusda demokratiya, inson huquqlari va suverenitet" toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tezkor tartibda qabul qilishni chaqiraman, – deb taʼkidlagan Tixanovskaya Washington Post nashrida joylashtirilgan materialida.

Bundan tashqari u YEI va AQShga "faol maʼnaviy va texnik koʻmak" hamda "yaqinda belarus amaldorlariga nisbatan sanktsiyalarni kengaytirgan AQSH joriy maʼmuriyatining sayi-harakatlari" uchun minnatdorlik bildirgan.

Bundan tashqari, Tixanovskaya Vashingtonga borishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan.

"Men inauguratsiya haftaligida (AQSH) joriy maʼmuriyatiga uning Belarus xalqiga koʻrsatayotgan yordami uchun shaxsan minnatdorlik bildirish uchun Vashingtonga borish niyatidaman. Shu bilan bir vaqtning oʻzida Belarusning demokratiyaga oʻtishiga koʻmak berishi uchun yangi maʼmuriyat bilan mustahkam aloqalarni oʻrnatishdan umidvorman", - deb qoʻshimcha qilgan muholifatchi.

Storonnik Baydena s flagom v den vыborov prezidenta v shtate Delaver, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Tanganing ikki tomoni: Gʻarbning Belarus va AQShdagi saylovlarga bergan bahosi

Agar qonun loyihasi tasdiqlansa, AQSH prezidenti Belorusiya Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi boʻlgan har qanday chet el fuqarosi, mustaqil ommaviy axborot vositalariga qarshi harakatlar uchun masʼul boʻlgan davlat amaldori, respublikadagi vaziyat bilan bogʻliq boʻlgan ommaviy axborot vositalariga yoki inson huquqlari buzilishiga qarshi harakatlarda faol ishtirok etgan Ittifoq davlatining rasmiy vakili yoki Rossiya fuqarosi vizasini bloklab qoʻyishi mumkin. 

Belarusda ommaviy norozilik aktsiyalari 9 avgustdan keyin, boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida amaldagi yetakchi Aleksandr Lukashenko gʻolib chiqqanidan soʻng boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra Lukashenko 80,1 % ovoz olgan. Birinchi kunlarda aktsiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, norozichilarga nisbatan koʻz yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari, vodometlar, rezinali oʻqlar qoʻllanildi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi kunlarda 6,7 ming kishi qoʻlga olingan. Respublika IIV maʼlumotlariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab insonlar jabrlangan, shu jumladan, 130 nafar huquq-tartibot xodimlari ham. Saylovlar yakunlangach bir oy davmida aktsiyalar ham ish ham dam olish kunlari oʻtkazildi. Lukashenkoning tarafdorlari ham uni qoʻllab-quvvatlab tadbirlar oʻtkazib kelmoqdalar.

Rasmiylarning taʼkidlashicha, bu norozilik namoyishlari radikallashtirmoqda va shahar koʻchalaridan hovlilar tomon koʻchirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader