Jamiyat

Oʻzbekistonda chaqaloq savdosi avj olishining 3ta asosiy sababi sanab oʻtildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishMat s mladentsem
Mat s mladentsem - Sputnik Oʻzbekiston
Uch yillik holatlar tahlili shuni koʻrsatganki, oʻz chaqalogʻini sotgan ayollarning 31%i ogʻir ijtimoiy ahvolda ekanligi sababli ushbu jinoyatga qoʻl urgan. Ayollarning 17%i shu ish orqali homilasini yashirmoqchi boʻlgan, 52 %i esa bu ishni moddiy manfaat koʻzlab, amalga oshirgan.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda soʻnggi uch yilda chaqaloq savdosidan 114ta bola jabr koʻrgan. Bu haqda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi yigʻilishida maʼlum qilindi.

Jamiyat
Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan oʻzga xech kim, hech nima kerak emas edi

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy Komissiya raisi Tanzila Narbayeva olib borgan ushbu majlisda respublikada chaqaloq savdosining oldini olish, uning kelib chiqish sabablari, omillari va mavjud muammolar muhokama qilindi.

Xususan, Norboyevaning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda soʻnggi uch yilda chaqaloq savdosidan 114ta bola jabr koʻrgan boʻlsa, ularning 89%i 1 yoshgacha boʻlgan bolalardir.

Majlisda onalar nima sababdan ushbu mudhish jinoyatga qoʻl urishlari sabablari ham aytib oʻtildi.

2027-2020 yillardagi holatlar tahlili shuni koʻrsatganki, oʻz chaqalogʻini sotgan ayollarning 31%i ogʻir ijtimoiy ahvolda ekanligi sababli ushbu jinoyatga qoʻl urgan.

Ayollarning 17%i shu ish orqali homilasini yashirmoqchi boʻlgan, 52 %i esa bu ishni moddiy manfaat koʻzlab, amalga oshirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala