Oʻzbekistonda texnik kannabis yetishtirish uchun toʻlanadigan boj miqdori tasdiqlandi

© AP Photo / Eric RisbergKannabis v Uzbekistane: budet li legalizovan meditsinskiy preparat
Kannabis v Uzbekistane: budet li legalizovan meditsinskiy preparat - Sputnik Oʻzbekiston
Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Qishloq xoʻjaligi vazirligi texnik kannabis iqtisodiy va ekologik jihatdan Oʻzbekiston iqlimiga mos oʻsimlik hisoblanib, uning oʻziga xos jihatlari mavjudligi borasida maʼlumot bergan edi.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Texnik kannabis yetishtirish bilan shugʻullanish uchun toʻlanadigan boj miqdori tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati.

Izʼyatiye marixuanы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qibrayda uyida kannabis yetishtirayotgan muqaddam sudlangan pensioner qoʻlga olindi

Oʻsimlikni yetishtirish uchun 3000 ta bazaviy hisoblash miqdori (BHM), import (eksport), qayta ishlash, saqlash, sotish (chiqarish), sotib olish va tashish uchun - bularning har biri uchun 200 BHM (taxminan 44,6 million soʻm)dan toʻgʻri keladi.

Ushbu turdagi faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar olish maqsadidagi bojlar miqdori 2020 yil 3 dekabrdagi OʻRQ-653-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonunining 17-moddasida koʻrsatilgan.

Litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan beriladi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Qishloq xoʻjaligi vazirligi texnik kannabis iqtisodiy va ekologik jihatdan Oʻzbekiston iqlimiga mos oʻsimlik hisoblanib, uning oʻziga xos jihatlari mavjudligi borasida maʼlumot bergan edi.

Jumladan, vazirlik izohiga koʻra:

Kannabis v Uzbekistane: budet li legalizovan meditsinskiy preparat - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Kannabis yetishtirish Oʻzbekistonga nima beradi - vazirlik izohi

- kannabis eng tez oʻsuvchi ekinlardan biri boʻlib, paxta bilan solishtirganda, 1 gektardan 4 barobar koʻp tsellyuloz olinadi;

- oʻsimlikka qishloq xoʻjaligi kimyoviy preparatlarini nisbatan kamroq ishlatiladi hamda suvni ancha kam talab qiladi;

- atrof-muhitni ifloslanishlardan tozalash imkonini beradi;

- aylanmadan chiqib qolgan yerlarni tiklash uchun tuproqdan kadimiy va boshqa zaharli moddalarni chiqarib olishda nihoyatda foydali;

- 110 kun ichida oʻsimlik 2-3 metrga yetadi va bu bir mavsumda bir nechta hosil olish imkonini beradi;

- jahonda 40 dan ortiq davlatlarda texnik kannabisdan sanoat maqsadlarida foydalanib kelinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala