Sport

“Rubin” Oston Oʻrinovga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qozonning “Rubin” klubi bosh direktori Oʻrunov transferi boʻyicha “Spartak”ka taklif yuborilganini maʼlum qilgan.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Qozonning “Rubin” klubi “Spartak” yarim himoyachisi oʻzbekistonlik futbolchi Oston Oʻrunovga qiziqish bildirmoqda. 

“Rubin” bosh direktori Rustem Saymanov Sport24 nashriga bergan intervyusida Oʻrunov transferi boʻyicha “Spartak”ka taklif yuborilganini maʼlum qilgan.

Avvalroq “Rubin”dan taklif olinganini “Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov xabar qilgandi.

Futbol. RPL. Match Krasnodar – Ufa - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻrunov: otam “Spartak”da oʻynashimni orzu qilar edi

“Gazizovning “Rubin” “Spartak”ka Oʻrinov boʻyicha taklif yuborganini haqidagi soʻzlarini tasdiqlay olaman. “Rubin” bu futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Biz ”Spartak”ga oʻtishdan oldin Ufaga ham taklif joʻnatgandik. Oʻrunov baribir “Spartak”da oʻynamaydi. Shuning uchun biz uni taklif qildik va bu oddiy taklif emas – u “Rubin” uchun zarur futbolchi”, - deydi Saymanov.

Oʻrinov “Ufa”dan “Spartak”ka avgust boshida oʻtdi. Moskva klubi tarkibida 19 yosh xavbek sakkizta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urdi. U futbol boʻyicha Rossiya Kubogi guruh bosqichining 1-turida “Rodina”ga qarshi bahda debyut golini urishga muvaffaq boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0