Moldovada hukumatga qarshi miting bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Mixay Karaush / Mediabankka o‘tishAntipravitelstvennaya aksiya v Kishinyove
Antipravitelstvennaya aksiya v Kishinyove - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namoyishchilar bosh vazir Ion Kiku ixtoriy ravishda iste’foga chiqishini talab qilishmoqda. Bu bilan muddatidan avval parlament saylovlarini o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Yangi saylangan Moldova prezidenti Mayya Sandu tarafdorlari Kishinyov markazida hukumatga qarshi namoyishga chiqdi. Ularning maqsadi Vazirlar mahkamasini iste’foga chiqarish va muddatidan avval parlament saylovlarini o‘tkazishga erishishdir. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Avvalroq Sandu Moldova aholisiga Vazirlar mahkamasining iste’foga chiqishi talab qilib, norozilik namoyishiga chiqishga chorlagan edi. Uning fikricha, hukumat sanitariya va iqtisodiy inqirozni jilovlashning uddasidan chiqa olmayapti.

Premyer-ministr Respubliki Moldova Mayya Sandu - Sputnik O‘zbekiston
Moldova prezident saylovida Mayya Sandu g‘olib bo‘ldi

Sandu tarafdorlari mahalliy vaqt bilan soat 10 dan hukumat binosi qarshisidagi maydonda to‘plana boshladi. Ularning aksariyati o‘zi bilan Moldova bayrog‘i ko‘tarib olgan. Kishinyov markazida harakat cheklangan.

Namoyishchilar bosh vazir Ion Kiku ixtoriy ravishda iste’foga chiqishini talab qilishmoqda. Bu bilan muddatidan avval parlament saylovlarini o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Moldova parlamentar respublika bo‘lgani bois prezident bosh vazirni iste’foga chaqirib, parlamentni tarqatib yubora olmaydi.

Moldova parlamenti shu hafta prezident vakolatini qisqartirdi. Respublika rahbari nazorati ostidan Axborot va xavfsizlik xizmati chiqarildi. Sandu bu qarorlarni amaldagi prezident Igor Dodon va uni qo‘llab-quvvatlovchi sotsialistlar partiyasi tomonidan “hukumatni noqonuniy ravishda tortib olishga urinish” deya atadi. Qaror ustidan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat keltirilgan. Bundan tashqari, muxolifat partiyalari birinchi o‘qishda qabul qilingan davlat budjeti loyihasi, Rossiya telekanallari efirga uzatilishiga qo‘yilgan taqiq olib tashlanishi, rus tiliga alohida maqom berilganini qoralashdi.

Yangiliklar lentasi
0