Prezident Xayrulla Sa’diyevni faxriy unvon bilan taqdirladi

© Press-slujba Minkulturi UzbekistanaNarodniy artist Uzbekistana Xayrulla Sagdiyev
Narodniy artist Uzbekistana Xayrulla Sagdiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sevimli aktor Xayrulla Sa’diyev Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyevning 80-yillik yubileyi nishonlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Tadbirda xalqimizning sevimli aktori Xayrulla Sa’diyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi”, - deyilgan xabarda.

Ustoz san’atkor Xayrulla Sa’diyev 1940-yil 6-dekabr Toshkentda tavallud topgan. Sa’diyev respublika Yosh tomoshabinlar teatrida ijodiy faoliyatini boshlagan. Teatr sahnasida “Revizor”, “Etik kiygan mushuk”, “Shum bola” kabi o‘nlab spektakllarda yodda qolarli rollarni ijro etdi. 

Ijodkor kino olamida ham samarali mehnat qilib keladi. “To‘ylar muborak”, “Chinor”, “Alpomish”, “Chashma”, “O‘tov”, “Shaytanat” kabi ko‘plab badiiy filmlarda yaratgan obrazlari minglab muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan.

U 1980-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1990-yil O‘zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. 2005-yil esa “Mehnat shuhrati” ordeniga loyiq topilgan.

Yangiliklar lentasi
0