Rossiya O‘zbekiston quritilgan o‘rik mahsulotiga taqiq qo‘ymaydi – “O‘zdavkarantin”

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishSuxofrukti
Suxofrukti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan jo‘natilgan quritilgan o‘rik mahsulotida zararkunanda hasharot aniqlangani haqida xabardan so‘ng ikki mamlakat mutasaddilari tezkor ravishda muzokaralar o‘tkazdi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya karantin idoralari O‘zbekiston jo‘natilgan quritilgan o‘rik mahsulotida zararkunanda hasharot aniqlangani haqida xabardan so‘ng muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Avvalroq Rosselxoznadzor O‘zbekistondan Rossiyaga eksportga jo‘natilgan quritilgan o‘rik mahsulotida “Kapr qo‘ng‘izi” aniqlangani haqida xabar qilgandi.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan ikki mamlakat mutasaddilari o‘tkazgan tezkor ravishda onlayn muzokaralar olib borilgan. Rossiya tomonidan yuborilgan fotosuratlar Markaziy karantin laboratoriyasi xodimlari ishtirokida tekshirilib, ko‘rsatilgan mazkur karantin obyekti aynan “Kapr qo‘ng‘izi” emas, balki O‘rta Osiyo va Rossiyada tarqalgan “Trogoderma” oilasiga mansub boshqa qo‘ng‘iz ekanligi taxmin qilinmoqda.

“Onlayn muzokaralar davomida Rossiya Federatsiyasi tomonidan quritilgan o‘rik mahsuloti uchun taqiq qo‘yilmaslikka kelishilib, faqatgina mahsulot yuklangan eksportor korxonaga nisbatan fitosanitar choralar ko‘rilishi haqida ahdlashuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.

Tezkor olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu tadbirkor Rossiyadan quritilgan o‘rik mahsulotining eski hosilini yuklash bo‘yicha buyurtma olgan. Eksport sig‘imini to‘ldirish maqsadida hududdagi dehqon bozorlaridan eski hosillarning qoldiqlarini turli joylardan to‘plab, mahsulot yiqqan.

Prodaja suxofruktov - Sputnik O‘zbekiston
Rosselxoznadzor o‘zbek mevalarida yana zararkunanda hashorot topdi

“O‘zdavkarantin” inspeksiyasi mamlakatdan xorijga yuklanadigan barcha turdagi quritilgan mahsulotlar to‘liq fumigatsiya qilinishi, mahsulot fitosanitar tozaligini qat’iy nazoratdan o‘tkazib, fitosanitar sertifikati rasmiylashtirilib berilgandagina eksportga chiqarilishini ma’lum qilgan.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida respublikaning barcha hududlarida omborxonalar va binolarda, shu jumladan quritilgan mahsulotlar saqlanadigan korxona sig‘imlarida qayta tekshiruv tadbirlari amalga oshirilib, zararsizlantirish fitosanitar choralari olib borilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0