Siyosat

Qirgʻiziston bosh vaziri v.b. Artyom Novikov Fargʻonaga kelyapti

© Press-slujba pravitelstva Kыrgыzskoy Respubliki / Alisher AliyevIspolnyayuщiy obyazannosti premyer-ministra, pervыy vitse-premyer-ministr Kыrgыzskoy Respubliki Artem Novikov
Ispolnyayuщiy obyazannosti premyer-ministra, pervыy vitse-premyer-ministr Kыrgыzskoy Respubliki Artem Novikov  - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov 8 dekabr kuni Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidagi yigʻilishda ishtirok etadi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Qirgʻiziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidagi yigʻilishda ishtirok etadi. Bu haqda Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati xabar qilmoqda.

5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannыx del Kыrgыzskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kamilov va Kazakbayev hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

Maʼlum qilinishicha, Artyom Novikov Qirgʻizistonning Batken va Oʻsh viloyatlariga xizmat safari bilan tashrif buyuradi.

“Shuningdek, xizmat safari doirasida bosh vazir vazifasini bajaruvchi joriy yilning 8 dekabrida Oʻzbekistonning Fargʻona shahrida boʻlib oʻtadigan Qirgʻiziston hukumatining chegaraoldidagi mutasaddi vakillari kengashi va Oʻzbekistonning chegaraoldidagi hokimlari yigʻilishida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻiziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov va Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Sardor Umurzakov oʻrtasida telefon muloqoti boʻlib oʻtgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala