Qirg‘iziston bosh vaziri v.b. Artom Novikov Farg‘onaga kelyapti

© Press-slujba pravitelstva Kirgizskoy Respubliki / Alisher AliyevIspolnyayushiy obazannosti premyer-ministra, perviy vitse-premyer-ministr Kirgizskoy Respubliki Artem Novikov
Ispolnyayushiy obazannosti premyer-ministra, perviy vitse-premyer-ministr Kirgizskoy Respubliki Artem Novikov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artom Novikov 8-dekabr kuni O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi yig‘ilishda ishtirok etadi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artom Novikov O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi yig‘ilishda ishtirok etadi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar qilmoqda.

5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannix del Kirgizskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov va Kazakbayev hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

Ma’lum qilinishicha, Artom Novikov Qirg‘izistonning Batken va O‘sh viloyatlariga xizmat safari bilan tashrif buyuradi.

“Shuningdek, xizmat safari doirasida bosh vazir vazifasini bajaruvchi joriy yilning 8-dekabrida O‘zbekistonning Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan Qirg‘iziston hukumatining chegaraoldidagi mutasaddi vakillari kengashi va O‘zbekistonning chegaraoldidagi hokimlari yig‘ilishida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artom Novikov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0