Dunyoda

Chechenistonda frantsuz oʻqituvchisini oʻldirgan qotilning dafn marosimi qanday oʻtkazildi

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Fotobankka oʻtishChlen Soveta pri glave Chechenskoy Respubliki po razvitiyu grajdanskogo obщestva i pravam cheloveka Xeda Saratova
Chlen Soveta pri glave Chechenskoy Respubliki po razvitiyu grajdanskogo obщestva i pravam cheloveka Xeda Saratova  - Sputnik Oʻzbekiston
Checheniston prezidenti huzuridagi Inson huquqlari boʻyicha kengash aʼzosi Xeda Saratova Frantsiyada oʻqituvchini oʻldirgan qotilning dafn marosimi haqida soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Frantsiyada oʻqituvchini boshidan judo qilgan Abdulax Anzorovning qarindoshlari uning jasadini Chechenistonga olib kelishdi va Shalaji qishloq qabristonida dafn etishdi. Bu haqda Checheniston prezidenti huzuridagi Inson huquqlari boʻyicha kengash aʼzosi Xeda Saratova RIA Novostiga soʻzlab berdi.

 Xabib Nurmagomedov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Nurmagomedov musulmonlar haqida aytgan soʻzlari uchun Makronni haqorat qildi

"Yigit dafn marosimiga oid barcha islom qoidalariga rioya qilgan holda Shalajidagi qishloq qabristonida dafn etildi. Unda qarindoshlar va tanishlar ishtirok etdi" - dedi u. Faqat marosim qachon boʻlganiniga aniqlik kiritmadi.

Huquq faolining soʻzlariga koʻra, oʻqituvchining qotilligi jinoyati ortida "maʼlum kuchlar yoki qandaydir maxsus xizmatlar" turgan.

"Barcha sodir boʻlayotgan narsalarda maxsus xizmatlar, va ehtimol, "islom terrorizmi" va hokazolarni aytgan, dinni terrorizm bilan bogʻlagan OAVlar aybdor, va sodir boʻlayotganning sabablarini Frantsiya ichida izlash kerak. Qaysi dinga mansub boʻlishidan qatʼi nazar, odamlarning diniy his-tuygʻulariga tegish mumkin emas. Mamlakatimizda din davlat tomonidan himoya qilinadi va hech kim haqoratni soʻz erkinligi deb hisoblamaydi. Bu soʻz erkinligi emas", - dedi Saratova.

Bundan avval ayrim OAVlar tarix oʻqituvchisi qotili Chechenistonda "sharaf bilan" dafn etilgani haqida xabar tarqatishdi.

Qotillik 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflans-Sent-Onorin kommunasida sodir boʻlgan. Qotillikni oʻqituvchining soʻz erkinligi darslarida paygʻambar Muhammad (s.a.v) karikaturalarini namoyish etganligi bilan bogʻlashmoqda. Hujum qilgan kishi politsiya tomonidan otib oʻldirildi. Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, u 2002 yilda Moskvada tugʻilgan, kelib chiqishi chechenistonlik boʻlgan, Frantsiyada qochqin maqomini olgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Anzorovning Chechenistondagi dafn marosimi haqidagi xabarlarning qanchalik ishonchli ekanligini bilmasligini aytdi. Shu bilan birga, u oʻqituvchini oʻldirish - bu qoralash va rad etilishi kerak boʻlgan terroristik harakat ekanligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala