FXX Krasnoyarsk oʻlkasida terrorchilar tarafdorini qoʻlga oldi - video
FXX Krasnoyarsk oʻlkasida terrorchilar tarafdorini qoʻlga oldi - video
Aʼzolardan biri Krasnoyarsk aeroportida qoʻlga olingan. U qurolli toʻqnashuvlarda jangarilar tarafidan ishtirok etish uchun xorijga ketishni rejalashtirgan. 07.12.2020, Sputnik Oʻzbekiston
Aʼzolardan biri Krasnoyarsk aeroportida qoʻlga olingan. U qurolli toʻqnashuvlarda jangarilar tarafidan ishtirok etish uchun xorijga ketishni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Rossiyada taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi”* xalqaro terroristik tashkiloti tarafdolarini qoʻlga oldi. Bu haqda FXX mintaqaviy boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Krasnoyarsk oʻlkasi Rossiya FXXB Oʻrta Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarolari tarkibiga kirgan “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti tarafdorlarining faoliyatiga chek qoʻydi”, - deyilgan xabarda.
Aʼzolardan biri Krasnoyarsk aeroportida qoʻlga olingan. U qurolli toʻqnashuvlarda jangarilar tarafidan ishtirok etish uchun xorijga ketishni rejalashtirgan. Tashkilotning qolgan aʼzolari turar joyida qoʻlga olingan. Qoʻlga olinganlar soni ochiqlanmagan.
Tergovchilar terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida taʼlim olish va terrorchilik faoliyatiga koʻmak berish moddalari bilan jinoiy ish ochgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston DXX va IIV xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida mamlakat fuqarolarini yollab, “Tavhid va jihod katibasi”* xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga joʻnatish bilan shugʻullanib kelgan shaxsning faoliyatiga chek qoʻyilgani xabar qilingan edi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.