Dunyoda

Lukashenko “sandiroqlab yurgan barcha ishyoqmaslarni” ishlashga majburlashni topshirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston
Belarus prezidenti sandiroqlab yurgan ishyoqmaslarni roʻyxatga olish va ular ishlashga majburlashni buyurdi.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko iqtisodiyot masalasiga bagʻishlangan yigʻilishda hukumat oldiga barcha ishsizlarni ishga joylashtirish vazifasini qoʻydi.

“Zudlik bilan ishsizlarni ishga joylashtirish bilan shugʻullaninglar. Militsiya organlari bilan: kimni lozim bilsangiz jalb qiling. Zudlik bilan sandiroqlab yurgan ishyoqmaslar roʻyxatga olinsin va ular ishlashga majburlansin”, - dedi Lukashenko. Uning soʻzlaridan Sputnik Belarus agentligi iqtibos keltirgan.

Belarus rahbarining soʻzlariga koʻra, ushbu chora ommabop emas, lekin usiz ish boʻlmaydi.

Prezident Belorussii A. Lukashenko naznachil novыx glavu MVD Belorussii i nachalnika GUVD Minska - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Lukashenko Makronga musulmonlar bilan munosabatda vositachilikni taklif qildi

“Bugun ishlamayotgan, sanqib yurgan kishi – bu koʻchadagi shunchaki “prostestun” emas, bu bizga har kuni, har hafta, har oy jinoyat tashlab qoʻyadigan boʻlajak jinoyatchidir”, - dedi u.

Shuningdek, prezident davlat bu jinoyatlarni fosh qilish uchun “katta mablagʻ” sarflashga majburligi, keyin qamoqqa tushgan shaxslarni saqlash uchun mablagʻ sarflashini taʼkidladi.

“Yana bir bor takrorlayman: barchani ishlashga majburlang, har bir kishining ishlashi kerak boʻlgan bunday ishyoqmaslar roʻyxati boʻlishi shart”, - deya xulosa qildi Lukashenko.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala