Iqtisod

Rosselxoznadzor Fargʻona viloyatidan barcha oʻsimlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

© Press-slujba RosselxoznadzoraRosselxoznadzor vvodit zapret na vvoz vsey rastitelnoy produktsii iz Ferganы
Rosselxoznadzor vvodit zapret na vvoz vsey rastitelnoy produktsii iz Ferganы - Sputnik Oʻzbekiston
Keltirilgan quritilgan oʻrik partiyasida kapr qoʻngʻizi aniqlangani tufayli Fargʻona viloyatidan barcha turdagi oʻsimlik mahsulotlarini olib kirish taqiqlandi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya nazorati boʻyicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) keltirilgan quritilgan oʻrik partiyasida kapr qoʻngʻizi aniqlangani tufayli Fargʻona viloyatidan barcha turdagi oʻsimlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi.

“Zararkunanda lichinka bosqichida 1 kg mahsulotda ikki dona aniqlangan. Bu partiyaning jiddiy zararlanganidan darak beradi”, - deyilgan Rosselxoznadzor xabarida.

© Press-slujba RosselxoznadzoraRosselxoznadzor vvodit zapret na vvoz vsey rastitelnoy produktsii iz Ferganы
Rosselxoznadzor Fargʻona viloyatidan barcha oʻsimlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi - Sputnik Oʻzbekiston
Rosselxoznadzor vvodit zapret na vvoz vsey rastitelnoy produktsii iz Ferganы

Taʼkidlanishicha, kapr qoʻngʻizining Rossiya hududida tarqalishi oʻsimliklar hosiliga, jumladan, don mahsulotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu esa Rossiyaning eksport salohiyatiga taʼsir oʻtkazishi mumkin.

Xabarda yozilishicha, Oʻzbekistonning vakolatli idorasi karantin obʼyekti topilgan, mahsulotlar saqlanadigan omborlarni tekshirish protokollarini yuboradi.

© Press-slujba RosselxoznadzoraRosselxoznadzor vvodit zapret na vvoz vsey rastitelnoy produktsii iz Ferganы
Rosselxoznadzor Fargʻona viloyatidan barcha oʻsimlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi - Sputnik Oʻzbekiston
Rosselxoznadzor vvodit zapret na vvoz vsey rastitelnoy produktsii iz Ferganы

Bundan tashqari, tomonlar ikki mamlakat ilmiy xodimlari oʻrtasida oʻsimlik mahsulotlarida kapr qoʻngʻizini aniqlash usullarini muhokama qilish va uni aniqlashning eng samarali usullari toʻgʻrisida pozitsiyani ishlab chiqish boʻyicha muzokaralarni tashkil etishga kelishib olgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya karantin idoralari Oʻzbekiston joʻnatilgan quritilgan oʻrik mahsulotida zararkunanda hasharot aniqlangani haqida xabardan soʻng muzokaralar oʻtkazgani xabar qilingan edi. “Oʻzdavkarantin” inspektsiyasi Rossiya Oʻzbekiston quritilgan oʻrik mahsulotiga taqiq qoʻymasligi maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala