Jamiyat

Ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilish uchun yangi mobil ilovasi ishga tushirildi

“Najot” ilovasi qurbonning oilasiga yordam soʻrab xabar joʻnatadi va uning manziliga havola yuboradi. Ilovada yordam uchun xabarga javob bera oladigan 5 tagacha yaqin kishilarning kontaktlarini qoʻshish mumkin.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilish uchun “Najot” mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.

Ilovaning bosh sahifasida favqulodda vaziyat uchun moʻljallangan “Yordam tugmasi” mavjud. Agar foydalanuvchi oiladagi zoʻravonlik qurboniga aylangan boʻlsa, ushbu tugmani bosib, 3 soniyadan koʻproq ushlab turish kerak. “Najot” ilovasi qurbonning oilasiga yordam soʻrab xabar joʻnatadi va uning manziliga havola yuboradi.

“Yordam” tugmachasini ishlatish uchun “Yordam uchun kontaktlar” boʻlimiga foydalanuvchi yaqinlarining kontaktlarini va yordam haqidagi xabarni qoʻshishi kerak. Yordam uchun xabarga javob bera oladigan 5 tagacha yaqin kishilarning kontaktlarini qoʻshish mumkin. Ushbu odamlarni ilova toʻgʻrisida oldindan ogohlantirish tavsiya etiladi.

Shuningdek, foydalanuvchi “Eng yaqin yordam markaziga xabar berish” parametrini tanlashi mumkin. Shunda foydalanuvchi uchun xavf toʻgʻrisida xabar eng yaqin reabilitatsiya markaziga yuboriladi.

Ilovada “Yordam markazlari” boʻlimi ham mavjud. Unda oilaviy muammolar, zoʻravonlik va favqulodda vaziyatlarda yordam uchun murojaat qilish mumkin boʻlgan joylar haqida maʼlumot olish mumkin. Ushbu markazlarda, lozim boʻlsa, psixolog, shifokor yoki huquqshunos maslahatlarini olish va himoyalangan turar joy boʻyicha yordam koʻrsatiladi.

Ilovada har bir hududdagi zoʻravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish markazlari roʻyxati hamda markazlarning manzili xaritada keltirilgan. Kerakli hududni tanlab, ushbu markazlarning manzili va kontaktlari toʻgʻrisida maʼlumot olish mumkin.

Marufova Gulnora Maxmudovna, pervыy zamestitel ministra po delam maxalli i semi - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oiladagi zoʻravonlik, ayollar huquqi, gender tenglik: Gulnora Marufova bilan maxsus intervyu

“Bilish muhim” boʻlimida ayollar salomatligi, ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari, oilaviy munosabatlar, huquqiy masalalar va boshqa masalalarga oid eng koʻp tarqalgan savollarga javoblar mavjud. Shuningdek, himoya orderini olish boʻyicha koʻrsatmalar mavjud. Bundan tashqari, foydalanuvchi zoʻravonlik turini aniqlash yoki zoʻravonlik nima ekanligini tushunish uchun testlardan oʻtishi mumkin.

Ushbu boʻlimda foydalanuvchi testdan oʻtishi va oʻziga nisbatan zoʻravonlik borligini aniqlashi va qanday yordamga muhtojligini tushunishi mumkin. Masalan, agar javoblarda «koʻpincha» va «doimiy» javoblar ustunlik qilsa, demak, foydalanuvchi oilasida zoʻravonlik muammosi dolzarbdir

Qayerda va qanday boʻlishidan qatʼi nazar, foydalanuvchi yordam olguncha: u taqdim etgan barcha maʼlumotlar sir saqlanadi. Ushbu mobil ilova oʻzbek va rus tillarida mavjud. Yaqin orada “Najot” mobil ilovasini PlayStore-da yuklab olish mumkin.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda 2020 yil yanvar–sentyabr oylarida zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga 14 849 ta murojaat kelib tushgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala