Kardashyan har yili o‘tkaziladigan dabdabali bazmni bekor qildi

© Instagram / khloekardashianFoto iz Instagram Xloi Kardashyan
Foto iz Instagram Xloi Kardashyan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik teleyulduz va ishbilarmon Xloi Kardashyan uning oilasi 42-yil ichida birinchi marta rojdestvo bazmini bekor qilganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Amerikalik tele-yulduz va ishbilarmon Xloi Kardashyan, uning oilasi 42-yil ichida birinchi marta rojdestvo bazmini bekor qilganini ma’lum qildi.

Kim Kardashyan - Sputnik O‘zbekiston
Kardashyan tug‘ilgan kunini dabdabali nishonlagani uchun tanqidga uchradi
"Kaliforniyada koronavirus bilan vaziyat nazoratdan chiqib ketmoqda. Shu sababli biz bu yil Rojdestvo bayramini o‘tkazmaslikka qaror qildik. Bu 1978-yildan beri ilk bor. Juda achinarli, ammo hozirda sog‘liq va xavfsizlik birinchi o‘rinda! Pandemiyaga jiddiy e’tibor berish kerak", - deb yozdi u Twitter’da.

People nashri ta’kidlaganidek, Kardashian opa-singillarining onasi Kris Jenner Rojdestvo arafasida 1970-yillarda dabdabali bayramlarni tashkil qila boshladi. 2018-yildan boshlab uning qizlari buni o‘z zimmasiga oldi.

Eslatib o‘tamiz, 21-oktabr kuni amerikalik supermodel Kim Kardashyan o‘z yubileyini nishonlagandi. Tug‘ilgan kuni nishonlash maqsadida xususiy orolni ijaraga olinib, katta bazm uyushtirdi. Koronavirus pandemiyasi vaqtida dabdabali bazm uyushtirgani uchun ko‘plab internet foydalanuvchilari uni tanqid qilishgandi.

Yangiliklar lentasi
0