Rossiya

Rossiya Oʻzbekistonning yana bir viloyatidan pomidor va qalampir olib kirishni taqiqladi

© Sputnik / Yekaterina Lыzlova / Fotobankka oʻtishPomidorы
Pomidorы  - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan tashqari, Rossiya 14 dekabrdan Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor va qalampir va 10 dekabrdan Ozarbayjondan pomidor va olmalar importini taqiqlamoqda.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya 11 dekabrdan Qashqadaryo viloyatidan olib kelinadigan pomidor va qalampirga taqiq joriy etadi. Bu haqda Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati boʻyicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) xabar qilmoqda.

“Sunny Land Export” MCHJ (Qashqadaryo viloyati) ishlab chiqaruvchisi tomonidan Rossiya hududiga olib kirilgan pomidorlarda pomidor jigarrang burushiqlik (ToBRFV) virusi aniqlangan va bu taqiq qoʻyilishiga sabab boʻlgan.

Rosselxoznadzor 26 noyabr kuni Fargʻona viloyati va 4 dekabr kuni Navoiy viloyatidan Rossiyaga olib kelinadigan pomidor va qalampirlarga ham taqiq qoʻygan edi. Keyinchalik Fargʻona viloyatidan Rossiyaga barcha oʻsimlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqlandi.

Qozogʻiston Oʻzbekiston sabzavotlarida ToBRFV virusi bor yoki yoʻqligini tekshiradi

Bundan tashqari, Rossiya 14 dekabrdan Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor va qalampir va 10 dekabrdan Ozarbayjondan pomidor va olmalar importini virus va zararkunandalar aniqlangani tufayli taqiqlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala