Samarqandlik harbiylar Rossiya BTRlarini boshqarishni mashq qilmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishDemonstratsiya xodovix vozmojnostey bronetransportera BTR-82A
Demonstratsiya xodovix vozmojnostey bronetransportera BTR-82A - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand garnizonida harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar texnikalar yordamida suv to‘siqlardan kechib o‘tish hamda evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 9 dek - Sputnik. O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar o‘quv-mashg‘ulotlarda Rossiyaning BTR-82A bronetransporterlarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajardilar, deb xabar qiladi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi axborot xizmati.

Tanki T-14 Armata  - Sputnik O‘zbekiston
Rus quroli: 2020-yilning dastlabki natijalari

Idora xabariga ko‘ra, Samarqand garnizonida harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar mashinalarni haydash tayyorgarligining muhim bosqichlaridan biri – jangovar texnikalar yordamida suv to‘siqlardan kechib o‘tish hamda evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

"Dastlab o‘quv nuqtalarida mashg‘ulot rahbaridan muhim topshiriq va eslatmalarni olgan shaxsiy tarkib BTR-82 "A" jangovar mashinalari yordamida Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazidagi suv havzasi bo‘ylab harakatlana boshladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – suvli to‘siqlardan mashinada o‘tish texnikasini shakllantirish, ekipaj a’zolari orasida hamjihatlik, o‘zaro hamkorlikda harakatlar tajribasini oshirishdan iborat", - deyiladi xabarda.

Voyennoe shou Vejlivie lyudi v ramkax foruma Armiya-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Rus quroli: “Tulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomot

2019 yilning iyul oyida RIA Novosti O‘zbekiston Rossiyaga BTR-82A bronetransporterlari partiyasiga buyurtma bergani haqida xabar bergan edi.

Xarid qilinajak texnika miqdori sanab o‘tilmagandi.

BTR-82A - BTR-80 bronetransporterining chuqur modernizatsiyalangan versiyasi hisoblanadi. Mashinalarning tajriba namunalari 2009-yilda yig‘ilgan. 2013-yilda bronetransporter Rossiya armiyasi qurollari safiga qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0