Toshkent viloyatidagi to‘qayzorda 52 tup daraxt kesib tashlandi

© Press-slujba GoskomekologiiV Kuyichirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti obnarujena virubka 52 derevyev.
V Kuyichirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti obnarujena virubka 52 derevyev. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umumiy kesilgan daraxtlar soni 52 ta, shundan 46 tup tol hamda 6 tup turong‘il tag qismidan kesilgan. Yetkazilgan zarar 444 mln 773 ming so‘mni tashkil etgan.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Abay” MFY hududida joylashgan to‘qayzorda kesilgan daraxtlar bo‘yicha murojaat  o‘rganildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

“O‘rganish davomida daraxtlar qishloq xo‘jaligi xaritasining 34 konturida joylashgan to‘qayzorda kesilganligi ma’lum bo‘ldi. Umumiy kesilgan daraxtlar soni 52 ta, shundan 46 tup tol hamda 6 tup turong‘il tag qismidan kesilgan”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 444 mln 773 ming so‘mni tashkil etgan.

Ayni damda mazkur hudud egasi hamda kim tomonidan amalga oshirilganligini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

To‘plangan hujjatlar Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘rnatilgan tartibda taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0