Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Analitika

"Uchar tank va super ovchi": rus jangovar vertolyotlari Kavkaz tomon yoʻl oldi

Rossiya vertolyotlari Suriya choʻllari va Kavkaz togʻlari sharoitida - texnologik va joʻgʻrofiy jihatdan yangi marralarni zabt etmoqda. Shafqatsiz sinovlar istiqbolli vint-qanotli transport vositalarining jangovar salohiyati oshishiga xizmat qilmoqda

RF Mudofaa vazirligi Elbrus hududining baland togʻli (qishki) sharoitida Mi-28NM va Mi-26T2V vertolyotlarini sinovdan oʻtkazish dasturini tasdiqladi. Koʻp yoʻnalishli havo oqimlari va balandliklarda keskin oʻzgarishlar hukmron boʻlgan togʻlarda uchar apparatlarga oson boʻlmasligi tayin. Biroq, texnologik halqa yoʻlga qoʻyilgan, ilgariroq ushbu regionda Rossiyaning "Ansat" (yengil koʻpnishonli) va Mi-171A2 (Mi-8ning chuqur modernizatsiyasi) vertolyotlari sinovdan oʻtkazilgan.

Tanki T-14 Armata  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rus quroli: 2020 yilning dastlabki natijalari

Mi-28NM hujum vertolyoti Suriya Arab Respublikasi hududida jangovar sharoitlarda sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi, u "veteran" Mi-24 bilan birga ishladi. Bir nechta mashinalar Rossiya havo-kosmik kuchlarida sinov ekspluatatsiyasidan oʻtkazilmoqda. Rossiyalik uchuvchilar 2028 yilga qadar 100 ta yangi Mi-28NM vertolyotlarini qabul qilib olishadi.

Ogʻir harbiy-transport vertoleti boʻlgan - Mi-26T2Vning seriyali ishlab chiqarilishi 2021 yil boshida, davlat sinovlari tugagandan soʻng boshlanadi. Mudofaa vazirligi va FVV uchun Mi-26ning birlashtirilgan arktik modifikatsiyasi ishlab chiqilmoqda. Arktika dengizlarining qirgʻoq zonasida ishlash uchun moslashtirilgan ogʻir vertolyotning birinchi tajriba namunasi 2022 yilda paydo boʻladi. Ushbu gigant maxsus tanishtirishga muhtoj emas. Dastlabki modifikatsiyada Mi-26 togʻlarda Elbrus tepasida (togʻ balandligi 5600 m dan yuqori) sinovlar vaqtida halokatga uchragan Mi-8AMTSH armiya vertolyotining qoldiqlarini evakuatsiya qilish boʻyicha tashkillashtirilgan noyob operatsiya vaqtida - togʻlarda yuk koʻtarish boʻyicha yettita jahon rekordini oʻrnatdi.

Voyennoye shou Vejlivыe lyudi v ramkax foruma Armiya-2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rus quroli: “Tyulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomyot

Mi-28NM va Mi-26T2V vertolyotlari kattagina eksport salohiyatiga ega boʻlib, birinchi navbatda, anʼanaga koʻra Rossiya aviatexnikasini (Mi-28E versiyalarini) ekspluatatsiya qiladigan mamlakatlarda  mutaxassislar eʼtiborini jalb qilmoqda. Yangi Mi-28NM vertolyot parkini birlashtirish va modernizatsiya qilish imkonini beradi, bir vaqtning oʻzida texnologik izchillikni taʼminlaydi. Rossiyadan dastlabki fuqarolik va harbiy modifikatsiyadagi 350 ta Mi-26 barpo etilgan boʻlsa, "Rostvertol"ning vintqanotli gigantlari shuningdek, dunyoning turfa mamlakatlarida ekspluatatsiya qilib kelinadi.

Tungi superovchi

Mi-28NM (tungi modernizatsiyalangan) yangi avlod hujum vertolyoti avvalgi Mi-28Ndan har qanday ob-havo sharoitida, kunduzi va kechasi nishonlarga zarba berish qobiliyati yanada rivojlantirilgani bilan farqlanmaydi. "Uchar tank" vtulka ustida joylashgan noyob aylana obzor radiolokatsiya stantsiyasi, Rossiyada ishlab chiqarilgan kuchli dvigatellar, boshqaruv tizimi va dushmanning havo hujumiga qarshi mudofaa raketalariga qarshi kurash zamonaviy vositalari bilan jihozlangan (lazerli toʻxtatish stantsiyasi ular uchun xayoliy nishonlarni yaratadi).

Antiterroristicheskiye ucheniya voorujennыx sil stran-chlenov SHOS Mirnaya missiya-2018 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Terminator” va “Timsoh”: Rossiya Qorabogʻda vertolyotlardan foydalanadi

Bosh konstruktor Vitaliy Щerbin maʼlumotlariga koʻra, Mi-28NM vertolyoti yangi raketa bilan  dushman tomonning havodan hujumga qarshi mudofaa harakati zonasiga kirmasdan turib, yer ustidagi nishonlarni yoʻq qilishga qodir.

Ayni vaqtda Rossiyada tankka qarshi eng qudratli raketa hisoblangan va 1,2 m zirhlangan poʻlatni teshib oʻtishga qodir boʻlgan "Xrizantema-V" vertolyot raketasi sinovlari oʻtib boʻldi. Golovkani oʻzi avtomatik toʻgʻirlaydigan "havo-havo"/"havo-yer sathi" sinfidagi koʻpnishonli raketalar hali maxfiylik darajasidan chiqarilmagan.

Shuningdek, past tezlikda uchadigan havo obʼyektlari (dronlar) ham magʻlubiyat spektrida turibdi. Yuqori tezlikdagi hujum vertolyoti boshqa uchar apparatlarga nishon belgilarini uzatishga, front aviatsiyasi tarkibida harakatlanishga, maxsus operatsiyalarda ishtirok etishga va razvedka guruhlarini front chizigʻidan uzoq masofada (dushman saflari orqasida) qoʻllab-quvvatlashga qodir.

Aviatsionnыy zavod Progress v Primorskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada yangi “Katran” jangovar vertolyoti sinovdan oʻtdi

Amerikaning Forbes nashri yangi Mi-28NM tezligi (soatiga 300 km) va jangovar qoʻllash radiusi (450 km), yuk koʻtarish qobiliyati (2300 kg), eng asosiysi esa, vertolyot bortida "Tsirkon" tipidagi gipertovushli qanotli raketalarni joylash imkoniyatidan gʻoyatda tashvishga tushgan. Bu hali hammasimas. Modernizatsiya jarayoni jangovar axborot tizimini ham qamrab olgan. Boshqaruvning ikkinchi komplekti ekipaj aʼzolarining biri jarohatlangan taqdirda mashina umri davomiyligini ancha uzaytiradi. Umuman olganda, Mi-28NM kabinasi zirhlangan sathni teshib oʻtuvchi 20 millimetr kalibrgacha boʻlgan oʻq(snaryad)lardan ishonchli himoyalangan. Havoda koʻtarib turuvchi vint parraklari kompozit materiallardan tayyorlangan boʻlib, vintga 30 mm kalibrga teng snaryadlar tushgan taqdirda ham parvozni yakunlashga imkon beradi.

"Tungi ovchi"ning yangi dvigateli (VK-2500) havo temperaturalarining keng diapazoni (sayyoraning istalgan nuqtasi)da ekspluatatsiya qilishga moʻljallangan, avtomatik boshqaruv tizimining modernizatsiya qilingani bilan ajralib turadi, yongʻinga qarshi himoyalangan, bularning barchasi parvoz xavfsizligi darajasini oshirib, unga xizmat koʻrsatishni osonlashtiradi va texnik xarakteristikalarini yaxshilaydi. Birinchi kapital taʼmirga qadar uning quvvati va resursi ham anchagina oshgan (2000 tsikl/soatdan 3000gacha). Bunday qurollar Rossiyaning mudofaa texnologiyalari boʻyicha yetakchiligini koʻrsatib, gʻarblik "sheriklar"ning qaynoq boshlarini sovutadi.

T-72B3 tanki Alabino poligonida.  - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Tank, desant va vertolyotlar: "Armiya-2020" jangovar koʻrgazmasi

Sezilarli ustunlik

Rossiyaning ogʻir kengfyuzelyajli Mi-26 si -  koinotdagi eng katta va eng qudratli harbiy-transport vertolyot hisoblanadi. Mi-26T2V ning eng yangi modifikatsiyasi kechayu-kunduz foydalanish mumkinligi, zamonaviy avionika va (maksimal uchish vazni 56 tonnagacha boʻlgan bir sharoitda) 25 tonnagacha yuk koʻtarish imkoniyati  bilan ajralib turadi. Soatiga 270 km bosgandagi parvoz masofasi 800 km, balandligi 4600 metrgacha. Bunga oʻxshashi yoʻq va yaqin orada paydo boʻlmaydi ham.

Vertolyot qurol va aslahaga ega desantchilarni (82 kishini), fyuzelyaj ichida va tashqi ilgakda yuklarni tashishga moʻljallangan. Qayd etamiz, Mi-26ning dvigatellari havoni 70%gacha tozalashga qodir changdan himoyalovchi qurilmaga ega va bu Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Afrika mamlakatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi (vertolyotni kuchli chang sharoitida ham ekspluatatsiya qilish imkoniyati mavjud).

Uzbekistan na tret uvelichil zapasы voorujeniya i voyennoy texniki - Sputnik Oʻzbekiston
Senat: Oʻzbekiston qurol-yarogʻ va harbiy texnika zaxiralarini 27%ga yangiladi

Yangi Mi-26T2V "Vitebsk" bort mudofaa tizimi, raqamli uchuvchilik kompleksi bilan jihozlangan. Radioelektron uskuna avtomatik rejimda marshrut boʻylab uchish, belgilangan nuqtaga chiqish va u yerga qoʻnish, asosiy yoki zaxira aerodromlariga qaytish imkoniyatiga ega. Mi-26ning kabina gabaritlari va yuk koʻtarish imkoniyati jangovar texnika va motooʻqchilar diviziyasi yuklarini transportirovka qilishni taʼminlaydi. Oʻlchami 12ga 8,25 m boʻlgan yuk boʻlimida yirik gabaritli avtomobillar muammosiz sigʻa oladi. RF Mudofaa vazirligi bu mashinalardan kamida oʻnta xarid qilmoqchi.

Mi-26 vertlyoti – bir qator harbiy va fuqarolik masalalarini hal qilish uchun universal instrument. Katta qiziqish uygʻotishi mumkin boʻlgan modifikatsiyalar roʻyxatida: tegishli uskunalar bilan jihozlangan - Mi-26MS tibbiyot vertolyot, toʻrtta samolyotni bir vaqtning oʻzida zapravka qilish uchun qoʻshimcha yoqilgʻi baklariga ega - Mi-26TZ zapravkachi vertolyot, pomex postanovkachisi (radioelektron kurash) - Mi-26PP, tashqi ilgakda gidroakustika stantsiyasiga ega - Mi-26NEF-M - kemalarga qarshi vertolyot, qoʻshinlarni boshqarish uchun havo punkti boʻlib xizmat qiladigan - Mi-27ni sanab oʻtish mumkin.

Voyennoslujaщiye vo vremya taktiko-spetsialnыx ucheniy - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
"Jang taktikasini oʻzgartirishadi": Rossiyada yangi zarba quroli paydo boʻldi

Ilgariroq Mi-26 ning noyob imkoniyatlariga amerikaliklar ham baho berishgan edi. Afgʻon kampaniyasi davomida, 2009 yilning kuzida, "Tolibon" bergan olovli zarba tufayli AQShning Chinook CH-47 vertolyoti majburiy qoʻnishni amalga oshirdi. Shundan soʻng amerikalik uchuvchilar uni xuddi shunday mashinadan foydalangan holda evakuatsiya qila olmagan edilar. Rossiya transport kompaniyasining Mi-26 vertoleti CH-47ni (12 tonna) tashqi ilgakda osongina koʻtarib, 110 km masofaga - bazaga "olib borib qoʻydi". Albatta, bu xalqaro rekord emas, Rossiya vintqanotli gigantida esa bunday rekorlardan 14ta, 4100 metr balandlikka 25 tonna yuk koʻtarish shular jumlasiga kiradi. Atrof muhitda istiqbolda bu singari texnologik raqobat kuzatilmayapti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala