O‘zbekistonliklar bayramlarda qo‘shimcha dam olishlari mumkin bo‘ladi

© SputnikKalendar
Kalendar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlandiki, "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" nomli ichki turizm dasturi kelgusi yili izchil davom ettiriladi.

TOShKENT, 9 dek - Sputnik. O‘zbekistonliklar bayramlarda qo‘shimcha dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu haqda bugun, chorshanba kuni mamlakat prezidenti raisligida turizm va sport sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videselektor yig‘ilishida aytilgan.

Samolet - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bir nechta davlatlar bilan aviaparvozlarni bosqichma-bosqich tiklaydi

Yig‘ilishda ta’kidlandiki, "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" nomli ichki turizm dasturi kelgusi yili izchil davom ettiriladi.

Buning uchun Ro‘za va Qurbon hayitlari, Navro‘z, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayramlari davrida qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmoqda. Shuningdek, nomavsumiy sayohatlar uchun Ichki turizm oyligi, haftaligi va kunlari tashkil etiladi.

Prezident pandemiya sababli turizm sohasi uchun 2020-yil oxirigacha berilgan imtiyoz va preferensiyalarni 2021 yil oxiriga qadar uzaytirish, aholi uchun transport va mehmonxona xizmatlari bo‘yicha chegirmalar berib, ichki turizmni ommaviy tashkil etish muhimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekiston prezidentning "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmoni loyihasi e’lon qilingan edi.

2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanishi mumkin: 2 sentabr-payshanba; 3 sentabr-juma.

Kalendar - Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoni: 2021-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

2021 yilda dam olish kuni 27-mart-shanba, 22-mart-dushanba kuniga ko‘chiriladi.

2021 yil 2-yanvar-shanba, 4-sentabr-shanba va 22-mart-dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi.

Budjet tashkilotlarida qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. 

Har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qo‘shimcha dam olish kuni qo‘shiladi.

Yangiliklar lentasi
0