Lavrov Moskva boshqa mamlakatlar ishiga aralashayotgani haqidagi ayblovlarga javob qaytardi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari G‘arb Rossiyani boshqa davlatlar ishlariga aralashishda ayblash uchun yana ko‘plab bahonalar o‘ylab topishi mumkin deb hisoblaydi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov G‘arb Rossiyani boshqa davlatlar ishlariga aralashishda ayblash uchun yana ko‘plab bahonalar o‘ylab topishi mumkin deb hisoblaydi.

“So‘nggi paytlarda bizni u yerlarda faqat G‘arbga qarshi geosiyosiy pozitsiyalarimizni mustahkamlash uchun, u yerda G‘arb o‘z mavqeyini mustahkamlamasligi uchun go‘yoki Turkiya bilan bu mintaqani bo‘lib olish to‘g‘risida kelishib olib, Belarusda aralashayotganimiz, Tog‘li Qorabog‘da aralashganlikda ayblashmoqda. Hozir Yevropa va AQShda hukmronlik qilayotgan tahlilchilarning mantig‘i va psixologiyasi mana shunaqa”, - dedi Lavrov RT telekanaliga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva voqealarning har qanday tarafga burilishiga tayyor.

“Kuni kecha o‘qib qoldim, AQSh Kongressi shunchaki bunday Ittifoq davlat borligi, u Belarus Respublikasida navbatdagi “rangli inqilobni” uyushtirishni istamoqchi bo‘lganlarga yoqmaganligi uchun Rossiya va Belarus Ittifoq davlatiga qarshi sanksiyalarni ilgari surapti”. Shunday ekan yana ancha bahonalar bo‘ladi, bunga ishonchim komil. G‘arb ularni nafaqat izlash, balki yo‘q joydan o‘ylab topishni uddalay oladi. G‘arblik hamkasblarimiz mukammalligining chegarasi yo‘q”, - dedi Rossiya TIV rahbari.

Yangiliklar lentasi
0