Namangan viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi qahraton qishga tayyor emasligi aytildi

© O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmatiNamanganskaya oblastnaya psixiatricheskaya bolnitsa
Namanganskaya oblastnaya psixiatricheskaya bolnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangandagi ruhiy asab kasalliklar shifoxonasida zahira uchun olingan oziq-ovqat maxsulotlarini saqlashga jiddiy e’tibor qaratilmagan, degan xulosa bermoqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Namangan viloyati ruhiy asab kasalliklar shifoxonasi qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rmagan. Kasalxonada davolanayotgan bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yetarli darajada ta’minlanmagan, zahira uchun olingan oziq-ovqat maxsulotlarini saqlashga jiddiy e’tibor qaratilmagan, degan xulosa bermoqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati.

Vrach vixodit iz operatsionnoy - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryodagi ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlariga hayfsan e’lon qilindi

Matbuot-xizmati xabarida aytilishicha, o‘tkazilgan monitoring ishlari natijasida Namangan viloyati Ruxiy asab kasalliklar shifoxonasi tomonidan 2020-2021 yilga mo‘ljallangan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi qabul qilinmagan.

Shifoxona uchun 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumi uchun 400 tonna ko‘mir yoqilg‘i olish rejalashtirilgan bo‘lsa-da o‘rganish kuniga qadar jami 214 tonna yetkazib berilgani, zahira omborida ko‘mir rejasi va olinganligi to‘g‘risida peshlavxa, ko‘mir tortib berish uchun elektron tarozi o‘rnatilmaganligi, texnika xavfsizligi qoidarlariga amal qilish kitobi chala yuritilganligi aniqlandi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko‘rdi

Shifoxona tomonidan reja asosida ko‘mir ishlatiladi, lekin ko‘mir xarajatlar daftari yuritilmagan.

Shifoxonaga qabul qilib olingan ko‘mirning mayin(hoka)lilik darajasi 60-70% holatda sifatsiz, ayniqsa ko‘mir briketining sifati o‘ta qoniqarsiz holatda.

Muolaja va kasalxona xonalarida issiqlik xarorati o‘rtacha 18 darajadan 22 darajada hamda ayrim xonalarda xarorat o‘lchagichlar o‘rnatilmagan.

Bundan tashqari oziq-ovqat zahiralari omborining tom qismining uch joyidan yomg‘ir chakkasi o‘tib, kartoshka maxsulotlarining ustiga suv tushayotganligi aniqlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0