Dunyoda

Oʻzbekiston va Tojikistondan yuzlab terrorchi “Tolibon”* safiga qoʻshildi – afgʻon OAV

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston
Soʻnggi vaqtlarda Markaziy Osiyo va boshqa davlatlardan kelgan yuzdan ortiq terrorchi “Tolibon” (Rossiyada taqiqlangan) safiga qoʻshildi

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Soʻnggi vaqtlarda Markaziy Osiyo va boshqa davlatlardan kelgan yuzdan ortiq terrorchi “Tolibon” radikal harakati (Rossiyada taqiqlangan) safiga qoʻshildi, deb xabar qildi Afgʻoniston Pajhwok axborot agentligi.

Jangarilarning aksariyati shimoliy Badaxshon provintsiyasida toʻplandi.

"Bular Tojikiston, Oʻzbekiston, Kavkazdan kelgan terrorchilar va Xitoydan kelgan uygʻurlar. Ular asosan Varduj va Jirm tumanida toʻplangan, yaqinda esa Maymai va Nusay chegara hududlariga kelishdi", - dedi Badaxshon viloyati gubernatori Ahmad Muhammad Xayrzoda.

Mintaqa kengashi aʼzosi Abdulla Naji Nazarining soʻzlariga koʻra, ushbu hudud chet elliklar uchun boshpana boʻlib xizmat qiladi: strategik joylashuv, Pokiston bilan chegaralarning ochiqligi va Tojikiston va boshqa ikki davlat bilan umumiy chegaralari ularga yordam bermoqda.

Chet el fuqarolari Tolibon va Afgʻoniston armiyasi oʻrtasidagi janglarda faol qatnashmoqda. Mahalliy hokimiyat vakiliga koʻra, bu qoʻshni davlatlar uchun xavf tugʻdiradi.

Badaxshon politsiyasi vakili Sanoulloh Ruhoniyning aytishicha, Afgʻoniston maxsus xizmati xodimlari hududda terrorchilardan ozod qilish operatsiyalari boshlanadi.

Oʻz navbatida, “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulla Mujohid tashkilot jangarilari tarkibida xorijiy fuqarolar borligini rad etdi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik harakat

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala