“Shimoliy oqim-2” quvurlarini yotqizish uchun kema ish joyiga yaqinlashdi

© AP Photo / dpa / Stefan SauerTrubi dlya stroitelstva gazoprovoda Nord Stream 2 v portu Mukran, Germaniya
Trubi dlya stroitelstva gazoprovoda Nord Stream 2 v portu Mukran, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marine Traffic” kemalarni kuzatish tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, “Fortuna” kemasi gaz quvuri tomon yo‘l oldi va Singst yarim oroli yaqinida ochiq dengizda to‘xtadi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishda foydalanish mumkin bo‘lgan “Fortuna” kemasi gaz quvuri tomon yo‘l oldi va Singst yarim oroli yaqinida ochiq dengizda to‘xtadi. Bundan “Marine Traffic” kemalarni kuzatish tizimi ma’lumotlari darak bermoqda.

5 dekabr kuni kema Vismar nemis bandargohini tark etib, Rostok tomon yo‘l olgandi. Ammo keyinroq o‘sha kuni u Vismar yaqinidagi ochiq dengizda to‘xtagandi. 9-dekabr kuni “Fortuna” yana yo‘lga tushdi.

Rotonda Kapitoliya v Vashingtone, - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Kongressi "Shimoliy oqim-2"ga qarshi yangi sanksiyalarni tasdiqladi

Shu bilan birga, Germaniyaning kemachilik va gidrografiya idorasi (BSH) 5-dekabr kuni “Fortuna” 31-dekabrga qadar Boltiq dengizining janubiy qismida, Adlergrund va Oder sayozligi o‘rtasidagi hududda ish oltib borishini ma’lum qilgan edi.

Umumiy quvvati 55 milliard metr kub bo‘lgan “Shimoliy oqim-2” loyihasi ikki gaz quvuridan iborat bo‘lib, Rossiya qirg‘oqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyagacha quvur orqali gaz yetkazib yeripshni nazarda tutadi. Yevropaning barcha davlatlari uchun kerak bo‘lgan ushbu loyihaga AQSh, Ukraina va yana bir necha davlatlar qarshi chiqishmoqda. AQSh qarshi bo‘lishiga sabab – ular Yevropaga o‘zlarining suyultirilgan gazini sotishni istaydi. Ukraina esa o‘z hududi orqali gaz tranzitidan olinadigan daromadlardan mahrum bo‘lishdan qo‘rqadi.

Polsha "Shimoliy oqim-2" tufayli Gazpromni 7,6 milliard dollarga jarimaga tortdi

2019 yil oxirida gaz quvurini qurib bitkazishga bir necha kilometr qolganda AQSh loyihaga qarshi sanksiyalar kiritdi va qurilishni to‘xtatishni talab qildi. Shveysariyaning quvur yotqizuvchi kemasi Allseas shundan so‘ng o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0