Jamiyat

Ulugʻ kasb: “Xitoylik kelin” maktabda oʻqituvchi sifatida ish boshladi

© Iz lichnogo arxiva Li Ting"Kitayskaya nevesta" Li Ting
Kitayskaya nevesta Li Ting - Sputnik Oʻzbekiston
“Xitoylik kelin” Li Hun Ting (oʻzbekcha ismi Kumush) Avloniy malaka oshirish institutida qayta tayyorlash kurslarini tugatdi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. “Xitoylik kelin” Li Hun Ting (oʻzbekcha ismi Kumush)  Avloniy malaka oshirish institutida qayta tayyorlash kurslarini tugatib, Toshkent shahardagi Xitoy tiliga ixtisoslashgan 59-umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi sifatida ish boshladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

© Iz lichnogo arxiva Li Ting"Kitayskaya nevesta" Li Ting
Ulugʻ kasb: “Xitoylik kelin” maktabda oʻqituvchi sifatida ish boshladi - Sputnik Oʻzbekiston
"Kitayskaya nevesta" Li Ting

U oʻqituvchilarga yangi uslubda dars berishni oʻrgatadi.

Oʻzbekistonda ilk bor Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida xitoy tilini oʻqitish huquqini beruvchi qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi.

© Iz lichnogo arxiva Li Ting"Kitayskaya nevesta" Li Ting
Ulugʻ kasb: “Xitoylik kelin” maktabda oʻqituvchi sifatida ish boshladi - Sputnik Oʻzbekiston
"Kitayskaya nevesta" Li Ting

Li Ting xitoy tilini oʻqitish boʻyicha qayta tayyorlov kurslari uchun video darslarni olib bormoqda.

Xxitoy tili qayta tayyorlov kurslari kontentlari, videodarslarini tasvirga olishda ushbu tilni egasi hisoblangan “Xitoylik kelin” Li Ting xonim bilan hamkorlik oʻrnatildi.

Hamkorlikning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanib, 20 ta videodars suratga olindi.

Kelgusida xorijlik mutaxassisning A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti qayta tayyorlov kurslari xitoy tili yoʻnalishida faoliyat olib borishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader