Oʻzbekiston va Qirgʻiziston avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtobusnaya ostanovka v Tashkente
Avtobusnaya ostanovka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki davlat rasmiylari muloqoti doirasida mintaqaviy kun tartibini hisobga olgan holda koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish jihatlari batafsil va har tomonlama koʻrib chiqildi

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Fargʻona shahrida Qirgʻiziston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki mamlakat oʻrtasida xalqaro yoʻlovchi tashishni qayta boshlashni tezlashtirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Posev podsolnechnika v poselke Dvubratskom - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Soʻx aholisi uchun Fargʻonaning besh tumanida yer ajratiladi

 

Umurzakov va Novikov koʻp qirrali sheriklik masalalari, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro aloqalarni kengaytirish boʻyicha istiqbolli choralarni muhokama qildilar.

Soʻnggi uch yil ichida oʻzbek-qirgʻiz tovar aylanmasi hajmi 5 barobardan ziyod oʻsib, pandemiya sharoitida ham ijobiy dinamikani saqlab qolgan. Tomonlar oʻzaro savdo hajmini yaqin kelajakda 1 mlrd dollar darajasigacha yetkazishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Shu nuqtai nazardan, chegaraoldi savdo zonalarini, shuningdek, chegaraoldi viloyatlarda ulgurji tarqatish va agrologistik markazlarni yaratish boʻyicha rejalar koʻrib chiqilgan.

Tomonlar, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirgan, xususan, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, qishloq xoʻjaligi texnikasi, toʻqimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyorliklarini qayd etganlar.

Rosselxoznadzor vvodit zapret na vvoz vsey rastitelnoy produktsii iz Ferganы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rosselxoznadzor Fargʻona viloyatidan barcha oʻsimlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

Shu munosabat bilan kelishilgan loyihalarni va savdo, transport va oʻzaro investitsiyalar sohasida mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha aniq amaliy choralarni oʻz ichiga olgan Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish boʻyicha Amaliy choralar rejasini ("Yoʻl xaritasi") ikki tomonlama ishlab chiqishni tezlashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasining yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqish va savdo hamkorligini rivojlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshma choralarni amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Hukumat rahbarlari darajasida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning 9-chi yigʻilishi doirasida Ishbilarmonlik kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish - ushbu choralar qatoridadir.

Transport sohasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi - tomonlar "XXR-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston" temir yoʻl yoʻlagidan foydalanish masalasida yaqin hamkorlikni davom ettiradilar.

Samolet kompanii Uralskiye avialinii - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻizistonga Rossiyaning 8ta shahridan avia-qatnovlar yoʻlga qoʻyilmoqda

Shuningdek, tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari orqali Xitoydan Yevropaga multimodal yuk tashish tizimida "Andijon-Oʻsh-Irkeshtam-Qashgʻar" avtomobil yoʻnalishidan samarali foydalanishni taʼminlash zarurligini taʼkidladilar.

Shu bilan birga, tomonlar kelishilgan avtobus yoʻnalishlari boʻyicha ikki mamlakat oʻrtasida xalqaro yoʻlovchi tashishni qayta boshlashni tezlashtirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Hududiy hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha amaliy choralarga alohida eʼtibor qaratildi - hududiy qoʻlamda yuzaga kelayotgan masalalarga tezkor munosabat bildirish va ularni hal qilishda oʻzaro yordam koʻrsatish uchun ikki mamlakatning chegaraoldi viloyatlari rahbarlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilish mexanizmini yaratish dolzarbligi qayd etildi.

Ispolnyayuщiy obyazannosti premyer-ministra, pervыy vitse-premyer-ministr Kыrgыzskoy Respubliki Artem Novikov  - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Qirgʻiziston bosh vaziri v.b. Artyom Novikov Fargʻonaga kelyapti

Yigʻilish doirasida mintaqaviy kun tartibini hisobga olgan holda koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish jihatlari batafsil va har tomonlama koʻrib chiqildi, shuningdek, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda ustuvor vazifalar belgilab olindi. Mintaqalararo faol hamkorlik qilish asosida investitsiya, savdo, tadbirkorlik va madaniy-gumanitar sheriklik sohalarida chegara oldi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar bildirildi. Oʻzaro manfaatlar kesishmasining keng doirasini va iqtisodiy kooperatsiyaning yangi shakllarini oʻrnatish boʻyicha istiqbolli gʻoyalar mavjudligini hisobga olgan holda, ustuvor tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi va qoʻshilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish masalalarini koʻzda tutgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mintaqaviy darajada kengaytirish boʻyicha ikki mamlakatning chegaraoldi viloyatlari maʼmuriyatlari tomonidan alohida "Yoʻl xaritalari"ni ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Yigʻilish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashining uchinchi yigʻilishining Bayonnomasi imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala