Siyosat

Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan muloqot qildi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev priglasil Ilxoma Aliyeva v Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev priglasil Ilxoma Aliyeva v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Tomonlar Janubiy Kavkazning butun hududida xavfsizlik va barqarorlik taʼminlanishiga umid bildirdilar.

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev uchastvuyet v videozasedanii Vыsshego soveta YEAES - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Oʻzbekiston YEOIIga integrallashuvdan nimani kutayotgani haqida

Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini Togʻli Qorabogʻda harbiy harakatlar yakunlangani bilan samimiy tabriklab, birodar mamlakatning doʻst xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi, deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.

Tomonlar Janubiy Kavkazning butun hududida xavfsizlik va barqarorlik taʼminlanishiga umid bildirdilar.

Suhbatda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Pandemiya bilan bogʻliq mushkul davrda mamlakatlarimiz bir-birini qoʻllab-quvvatlagani, bu esa ikki davlat oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va strategik hamkorlikning navbatdagi namoyoni boʻlgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Azerbaydjanskaya armiya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ozarbayjon ilk bor Qorabogʻdagi urushda yoʻqotgan qurbonlari sonini ochiqladi

Davlat rahbarlari oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat va qishloq xoʻjaligi, energetika, transport va logistika, turizm va boshqa sohalarda yetakchi korxonalarning kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan qoʻshma dastur va loyihalarni faol ilgari surish muhimligiga alohida toʻxtaldilar. Tomonlar hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadal davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Suhbat yakunida Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari global va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldilar, shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala