Siyosat

Muhim qadam: Putin YEOIIda Oʻzbekistonga kuzatuvchi-davlat maqomi berilishi haqida

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v zasedanii VEES
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v zasedanii VEES - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin fikriga koʻra, Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi berilishi ittifoqning anʼanaviy sheriklar bilan aloqalarni mustahkamlash yoʻlidagi muhim va sifatli qadamdir.

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi berilishi ittifoqning anʼanaviy sheriklar bilan aloqalarni mustahkamlash yoʻlidagi muhim va sifatli qadamdir, deya ishonch bildirdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) - Sputnik Oʻzbekiston
Rasman: Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi-davlat maqomini oldi

"Shuni taʼkidlashni istardimki, YevrAzES doirasida rivojlanayotgan integratsiya qator xorijiy davlatlarning qiziqishini uygʻotmoqda. Bugun Oliy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga ... va Kuba Respublikasiga ... qaror qabul qiladi, – biz ularga kuzatuvchi maqomini beramiz", - dedi Putin YEOII sammitida.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun boʻlib oʻtayotgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yigʻilishida soʻzlagan nutqida "birgalikdagi ishimiz koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi", deya ishonch bildirdi.

"Biz Oʻzbekistonda YEOII faoliyatini, integrallashuv jarayonlarining rivojlanishini  katta qiziqish bilan kuzatib boramiz. Tashkilotning dunyo miqyosida tobora obroʻsi oshib borayotganini alohida qayd etamiz. Biz bugun ochiq iqtisodiy siyosatni amalga oshirmoqdamiz, savdo sohasini liberallashtirish boʻyicha oʻz boshlagan ishlarimizni davom ettirmoqdamiz", - dedi Mirziyoyev va tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekiston keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish borasida muhim bosqichda turganini eslatib oʻtdi.

Shavkat Mirziyoyev obsudil byudjet na 2021 god - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
YEOII bilan koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratamiz - Mirziyoyev

Mirziyoyev shuningdek, Oʻzbekiston BSTga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralar jarayonini qayta yangilaganini ham qoʻshimcha qildi.

Oʻzbekiston rahbarining aytishicha, ayni vaqtda sanoat va infratuzilmalarni modernizatsiyalash boʻyicha ishlar faol olib borilmoqda. Shuningdek, biznes muhit va investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

"Oʻzbekiston barcha xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish va mustahkamlash tarafdoridir. Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan yaqin va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat beramiz", - deb taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti oʻz chiqishida. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala