TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga joʻnab ketdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
"Tashrifdan asosiy maqsad - islohotlarning mahallabay tizimda yoʻlga qoʻyilganini, odamlar hayotidagi ifodasini koʻrish, navbatdagi rejalarni belgilash", - deyiladi xabarda.
Safar davomida qishloq xoʻjaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, viloyat faollari, yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish moʻljallangan.