"Sputnik V" sinovlari ijobiy oʻtsa, vaktsina Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi - Yusupaliyev

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishVaktsinы protiv COVID-19 "Sputnik V"
Vaktsinы protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda yana qaytadan kasallik avj olmasligi, vaziyat barqaror boʻlishini taʼminlab berishimiz shart, deya taʼkidlagan SSV rahbari oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. "Sputnik V" sinovlari ijobiy oʻtsa, vaktsina Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin, deb maʼlum qildi Oʻzbekiston Cogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev.

Vaktsinы protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston
Ekspert Gʻarbning "Sputnik V" vaktsinasiga negativ qarashlarini tushuntirdi

Uning soʻzlaridan "Oʻzbekiston 24" telekanali iqtibos keltirgan.

Xorijdan Oʻzbekistonga olib kelingan "COVID-19"ga qarshi vaktsinalar va ularning sinov bosqichlari haqida maʼlumot berar ekan, Yusupaliyev Yevropa davlatlari va AQShdagi koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga eʼtibor qaratib, "Oʻzbekistonda yana qaytadan kasallik avj olmasligi, vaziyat barqaror boʻlishini taʼminlab berishimiz shart", deya taʼkidlagan.

SSV rahbari oʻrinbosarining fikricha, bunda eng asosiysi Oʻzbekiston aholisini ushbu infektsiyaga qarshi emlash masalasidir.

"Dekabr oyi boshida Rossiya delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi. Rossiya tomoni bilan "Sputnik V" klinik tadqiqotlar natijalarini oshkor qilmaslik toʻgʻrisida kelishuv bor. Tegishli hujjatlar bizga taqdim etildi. Biz bu hujjatlarni oʻrganyapmiz. Uning natijalariga koʻra, vaktsinaning 3-bosqich tadqiqotlarini oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilinadi", - dedi Yusupaliyev.

Vaktsina EpiVakKorona - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Sputnik V” vaktsinasining yakuniy narxi belgilandi

U "Sputnik V" vektorli vaktsina - u adenovirus asosida yaratilganiga eʼtibor qaratdi. 

"Buni oʻrganish asosida birinchi navbatda fuqarolarimizning xavfsizligi masalasi, ularda antitanachalar hosil boʻlish-boʻlmasligi oʻrganiladi", - degan u. Taʼkidlanishicha, agar bu vaktsina oʻzining yaxshi tomonlarini koʻrsatsa, nafaqat uni sotib olish balki Oʻzbekistonda ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish masalasi qoʻyilgan.

Eslatib oʻtamiz, 4 dekabr kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Oʻzbekistonga shaxsan COVID-19ga qarshi "Cputnik V" vaktsinasi namunalarini olib keldi. Namunalar ular sinovlardan oʻtkazilishi uchun Oʻzbekiston tomoniga topshirilgan.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaktsina roʻyxatga olingan. Bu Gamaleya markazining "Sputnik V" va "Vektor" markazining "EpiVakKorona" vaktsinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaktsinasi ham roʻyxatga olinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader