"Toshkent Siti"dagi yong‘in to‘liq bartaraf etildi - FVV

© Press-slujba MChS RF / Mediabankka o‘tishTushenie pojara
Tushenie pojara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yon-atrofdagi binolarga zarar yetmagan, halok bo‘lgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q. Vaziyat yuzasidan to‘liq axborot qo‘shimcha beriladi

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. "Tashkent city" majmuasi tarkibida qurilayotgan bank binosi yonidagi qurilish materiallari saqlandigan omborda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, yong‘in quruvchilar ehtiyotsizligi tufayli sodir bo‘lgan. Tez yonuvchi izolyatsiya materiallaridan o‘t chiqqan.

"Soat 15.15 da yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Yon-atrofdagi binolarga zarar yetmadi. Halok bo‘lgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q. Vaziyat yuzasidan to‘liq axborot qo‘shimcha beriladi", - deyiladi FVV bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0