Iqtisod

Xorazm yaqin yillarda qanday rivojlanadi

Viloyat faollari bilan oʻtgan yigʻilishda Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpogʻiston bilan bogʻlaydigan 413 metrlik koʻprik, Qoraoʻzak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yoʻl qurilishi aytildi. Kelgusi uch yilda 2 ming 370 kilometr yoʻllarni taʼmirlash vazifasi qoʻyildi.

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Xorazm viloyati faollari bilan oʻtgan yigʻilishda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir shahar va tuman, mahallalarda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, “oʻsish nuqtalari”ni belgilab berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Rivojlantiradigan yoʻnalishlar

Xususan, Urganch shahrida toʻqimachilik va turizm, Xiva shahrida turizm va qurilish materiallari, Gurlan tumanida toʻqimachilik va issiqxona xoʻjaligi, Yangibozor tumanida issiqxona va meva-sabzavotni qayta ishlash, Tuproqqalʼa tumanida mashinasozlik va elektr texnikasi kabi yoʻnalishlarni rivojlantirish mumkinligi qayd etildi.

2021 yilda viloyatda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va ayollar bandligini oshirish maqsadlariga 500 milliard soʻm kredit resursi ajratiladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mirziyoyev: balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib boʻlmaydi

Turizm

Viloyatda mehmonxona oʻrinlarini koʻpaytirish, salohiyatli mamlakatlardan Urganchga doimiy va charter reyslar tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. Ichki turizmni rivojlantirish uchun transport xizmatlarini yaxshilash, xususan, Fargʻona vodiysidan avia va temir yoʻl qatnovini yoʻlga qoʻyib, buning dastlabki davrida 30 foizlik chegirma qoʻllash boʻyicha koʻrsatma berildi. Keyinchalik bu tajriba Termiz, Samarqand va Buxoro shaharlari boʻyicha ham qoʻllaniladi.

Qurilish

Yigʻilishda Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpogʻiston bilan bogʻlaydigan 413 metrlik koʻprik, Qoraoʻzak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yoʻl qurilishi aytildi. Kelgusi uch yilda 2 ming 370 kilometr ichki yoʻllarni taʼmirlash vazifasi qoʻyildi.

Kelgusi yili viloyat boʻyicha 2 ming xonadonli 100 ta koʻp qavatli uy-joy barpo etish, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berildi. Taʼlim, tibbiyot, madaniyat sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilandi.

Prezident yigʻilishda xorazmlik yoshlar bilan alohida suhbatlashdi. Har birini eshitib, takliflari boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

“Qiyin davrda, murakkab sharoitda yashayapmiz. Ana shu sharoitda har bir tuman, har bir mahallaning oʻz oʻrni, marralari bor. Xorazmning marrasi baland boʻlishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala