Iqtisod

Mirziyoyev: balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib boʻlmaydi

Oʻzbekiston prezidenti har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar boʻyicha tizimli ishlashi kerakligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Urganch shahrida Xorazm viloyati faollari va tarmoqlar mutasaddilari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yigʻilish avvalida xorazmlik dehqon va fermerlarni, butun mehnatkash oʻzbek xalqini bugungi Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bilan yana bir bor tabrikladi.

“Xorazmga bu yil ikkinchi marta kelyapmiz. Maqsad - sizlarning koʻzlaringizga qarab, viloyatdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, yana nima imkoniyatlar bor, qanday tartib, qanday koʻmak kerak, nima natija boʻladi, degan savollarni qoʻyib muloqot qilish. Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib boʻlmaydi. Muammoni bilsak, qaror toʻgʻri, adolatli boʻladi, - dedi prezident.

Davlat rahbari “mahalla raisi – islohotchi” tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish boʻyicha yangi tizim joriy etilishini taʼkidladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiye Yantex Invest v Yangiarыkskom rayone Xorezmskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistonda mahallalar boʻyicha yangi tizim joriy etiladi

“Prezident bir yilda bir kelib, koʻrib ketgani bilan natija boʻlib qolmaydi. Har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar boʻyicha tizimli ishlashi kerak. Chetdan kelib birov qilib bermaydi. Mana, kecha Xorazmdagi shahar va tuman hokimlari bilan gaplashdim. Qancha mablagʻ soʻrasa, berdim. Pulimiz koʻpligi uchun emas, masala qoʻya olgani uchun. Odamlar ham befarq boʻlmasligi kerak. Mahalliy kengashlar, mahallalar talab qilishi lozim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yigʻilishda viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar tanqidiy koʻrib chiqildi. Qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirish, ish oʻrinlari yaratish, kam taʼminlanganlarni kambagʻallikdan chiqarish, mahallalardagi ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash boʻyicha vazifalar belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader