Toshkentda internat-maktabi tarbiyalanuvchisi kaltaklandi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishVospitanniki detskogo doma
Vospitanniki detskogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro aqli zaif voyaga yetmagan qizi maktab-internatidan tan jarohatlari bilan kelganini ma’lum qilib, aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Yashnobod tumanida joylashgan 103-sonli yordamchi internat-maktabi tarbiyalanuvchisi kaltaklanganligi haqida videoyozuv yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2020-yil 11-dekabr kuni fuqaro K.Z. (ayol) Yashnobod tumani IIO FMBga ga ariza bilan murojaat qilgan. Unda aqli zaif voyaga yetmagan qizi maktab-internatidan tan jarohatlari bilan kelganini ma’lum qilib, aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Andijonda maktabdan uyga yolg‘iz qaytayotgan qizaloqlarni talon-taroj qilishdi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining ma’lumotnomasiga ko‘ra, voyaga yetmagan qiz tanasida “O‘ng yelka sohasi va o‘ng ko‘krak sohasi, o‘ng ko‘krak sohasi ostki qismlari yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi hamda ko‘karishi” kabi tan jarohatlari borligi aniqlangan. Zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan va tegishli davo choralari tavsiya qilingan.

Shu bilan birga voyaga yetmagan qizning tanasidagi jarohatlarining kelib chiqish mexanizmi va og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIO FMB tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0