YHXBB tuman sabab haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishUtrenniy tuman po doroge
Utrenniy tuman po doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ulardan tuman sharoitida tezlikni 10-20 km/soatgacha kamaytirish, avtomobil chiroqlariga o‘zgartirish kiritmaslik va quvib o‘tish qoidalariga qat’iy amal qilish so‘ralgan.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. IIV YHXBB tuman tushishi sabab haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi va ularni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakat avtomobil yo‘llarida qalin tuman tushganligi kuzatilmoqda. Tuman harakat qatnashchilari uchun yo‘l ko‘rinishini cheklaydi.

Shu bois haydovchilardan:

  • tuman sharoitida transport vositasi tezligini 10-20 km/soatgacha kamaytirish, avtomobil chiroqlariga o‘zgartirish kiritmaslik va quvib o‘tish qoidalariga qat’iy amal qilish;
  • yo‘lovchilarni olishda va yo‘l chetidagi piyodalarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish;
  • harakat vaqtida boshqa transport vositalari bilan oraliq masofa saqlash so‘ralgan.

Qalin tuman tushganda, avtomobillar orasidagi masofa katta bo‘lishi lozim.

Yo‘nalishni o‘zgartirganda yanayam ehtiyot bo‘lish talab etiladi, chunki yo‘lda piyodalar yoki boshqa transport vositalari bo‘lishi mumkin.

Haydovchilarga tuman tarqalishini xavfsiz joyda kutib turish maqsadga muvofiqligi eslatilgan.

Yangiliklar lentasi
0