Siyosat

Oʻzbekistonda mahallalar boʻyicha yangi tizim joriy etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiye Yantex Invest v Yangiarыkskom rayone Xorezmskoy oblasti.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiye Yantex Invest v Yangiarыkskom rayone Xorezmskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston
“Endi davlat idoralari xodimlarining moddiy manfaatdorligi odamlarning roziligidan kelib chiqib belgilanadigan tizim qilamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi “Yantex Invest” MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, shu yerda mahallabay ishlash boʻyicha yangi tizimni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilingan. Tumanlardagi iqtisodiy kompleks xodimlari har bir mahallaga biriktirilib, oʻz sohasiga doir masalalarni hal qilib boradi.

“Mahalla raislarini saylaymiz, ulardan koʻp narsani talab qilamiz. Lekin buning uchun mahalliy rahbarlar nima qilyapti, degan savolga aniq javob yoʻq. Endi davlat idoralari xodimlarining moddiy manfaatdorligi odamlarning roziligidan kelib chiqib belgilanadigan tizim qilamiz”, — dedi Mirziyoyev.

Prezidentning taʼkidlashicha, soliq, moliya, bandlik, investitsiya, tadbirkorlik va boshqa masalalarga masʼul rahbarlar mahallalarda ishlaydi. Mahalla raislari oʻz hududidagi muammolar boʻyicha ularga talab qoʻyadi. "Islohotlarni eng quyi tizimda bajarishning asosi shu", - deya taʼkidladi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Xorazm viloyatiga joʻnab ketdi

Mutasaddilarga ushbu tizimni hayotga tatbiq etish, Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan mahalla raislarini shu boʻyicha oʻqitish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Prezident matbuot xabari maʼlumotlariga koʻra, “Yantex Invest” uzoq yillar qarovsiz yotgan. Asakabank tomonidan 16 mln dollardan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilib, bino zamonaviy qilib tiklandi, Xitoy, Janubiy Koreya va Italiyadan uskunalar keltirib oʻrnatildi. Bugun bu yerda gazlama mato va choyshab ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. 200 dan ortiq ish oʻrni ochilgan.

Korxona yiliga 12 mln pogono metr gazlama mato va 600 ming komplekt choyshab ishlab chiqarish, 6 mln dollarlik mahsulot eksport qilish salohiyatiga ega.

Endi ip-gazlama toʻqish hajmini oshirish hamda Urganch shahrida matoga rang beruvchi korxona ochish boʻyicha ish olib borilmoqda. Shu tariqa, ikkinchi bosqichda matoni boʻyash, uni qadoqlash, Rossiya va boshqa mamlakatlarga eksport qilishga erishiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala