Jamiyat

Bolalar uchun “Aqlvoy” telekanali tashkil etiladi

CC0 / pixabay.com / Televizionnыy pult
Televizionnыy pult - Sputnik Oʻzbekiston
Hukumat qarori bilan ixtisoslashgan bolalar koʻngilochar-maʼrifiy “Aqlvoy” bolalar telekanali tashkil etiladi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. “Ixtisoslashgan bolalar koʻngilochar-maʼrifiy telekanalini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Ixtisoslashgan bolalar koʻngilochar-maʼrifiy “Aqlvoy” telekanali (bolalar telekanali) tashkil etiladi.

Maʼlumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy koʻnikmalarini rivojlantirish (edutainment) telekanalning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur telekanal “Edumedia Corporation” MCHJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan taʼsis etiladi. Respublikaning barcha hududlarida yetkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi. Shuningdek, oʻzini-oʻzi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala