Eronda Anjelina Joli qiyofadoshi 10-yilga qamaldi

© Foto : Iz lichnogo arxiva Saxar TabarSaxar Tabar
Saxar Tabar  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anjelina Jolidan uning “zombi-versiyasi”ga – eronlik Instagram yulduzi Fotima Xishvandga yordam berish to‘g‘risida videomurojaat e’lon qildi.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Jurnalist Masix Alinejad aktrisa Anjelina Jolidan uning “zombi-versiyasi”– eronlik Instagram yulduzi Fotima Xishvandga (Saxar Tabar ismi bilan tanilgan) yordam so‘rab videomurojaat e’lon qildi.

Jurnalist so‘zlariga ko‘ra,  Fotima 10-yilga ozodlikdan mahrum etildi.

"Men 19 yoshli qiz 10-yilga ozodlikdan mahrum etilganini bildim. Uning "jinoyati"- fotoshop yordamida o‘zini Anjelina Jolining zombi versiyasiga aylanishi. U atigi 19 yoshda, u yosh, u shunchaki Instagramda hazil qilmoqchi bo‘ldi. Endi u 10-yilga qamoqda! Onasi har kuni yig‘laydi, qizining aybi yo‘q. Biz ularga yordam berolmaymiz. Siz, Anjelina Joli, bizga yordam bera olasiz, jamoatchilik oldida bayonot bilan chiqishingiz mumkin", - deydi Alinejad.

Daily Mail gazetasi yozishicha, 2019-yil 5-oktabrda Fotima Xishvand Instagram’da mashhur bo‘lgan uch nafar ayol bilan birga hibsga olingan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot سحرتبر...!👾✌🏻 (@sahar_taabar)

Alinejad qizning advokati bilan gaplashganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mijoz "jamiyatdagi korrupsiyani targ‘ib qilgani" uchun 10-yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Qayd etilishicha, Xishvand shirk keltirish, zo‘ravonlikka undash, nomaqbul yo‘llar bilan daromad topish va yoshlar orasida korrupsiyani targ‘ibot qilishda ayblangan.

Fotima Xishvand 2017-yilda mashhur bo‘lgan: o‘sha vaqtda OAVlarda u Anjelina Joliga o‘xshash uchun 50 ta jarrohlik amaliyotidan o‘tgani haqida ma’lumot tarqatgan. Qiz jarrohlik amaliyotidan o‘tmagani, faqat fotoshop yordamida fotosuratlarni tahrir qilganini aytdi. Bundan tashqari, u Joli bilan emas, balki "Jasad kelini" nomli multfilmi personajiga o‘xshashmoqchi bo‘lganini aytadi.

Yangiliklar lentasi
0