Dunyoda

Nikol Pashinyanning isteʼfoga chiqqani haqidagi xabar rad etildi

© MID RF / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan
Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan  - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq qator Telegram-kanallarda Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqqani xaqidagi xabarlar paydo boʻlgan edi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqqani yoʻq, bu haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Bu haqda bosh vazirning matbuot kotibi Mane Gevorgyan maʼlum qildi.

Miting oppozitsii v Yerevane - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yerevan markazida muxolifatchilarning politsiya bilan toʻqnashuvi boshlandi

Avvalroq qator Telegram-kanallarda Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqqani xaqidagi xabarlar paydo boʻlgan edi.

“Telegram-kanallarning Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqqani haqidagi xabarlari yolgʻon xabardir”, - dedi Gevorgyan. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Armanistonda namoyishchilar bir oydan buyon Pashinyan isteʼfosini talab qilmoqda. Norozilik namoyishlari Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida Togʻli Qorabogʻ mojarosiga oid sulh bitimi imzolangandan keyin boshlandi. Armaniston muxolofatchilari bosh vazir Nikol Pashinyanni xoinlik va taslim boʻlishlikda ayblamoqda. Siyosatchi Qorabogʻ boʻyicha bitim oʻzi uchun juda ogʻir qaror boʻlganini aytdi, lekin boshqa chora boʻlmaganini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala