Jamiyat

Tarmoqqa zoʻravonlikni targʻib qiluvchi videoni joylashtirganlik uchun jarima oshirilishi mumkin

© PixabayMobilnыy telefon v ruke
Mobilnыy telefon v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlarga zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi videolarni joylashtirganlar 89,2 mln soʻmgacha jarimaga tortilishi mumkin.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar, jumladan, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini muhokama qildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

Jenщina zakrыvayet litso - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilish uchun yangi mobil ilovasi ishga tushirildi

Qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi axborotni ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya yoki Internet tarmoqlariga joylashtirganlik uchun ham javobgarlikni belgilash koʻzda tutilmoqda.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning amaldagi tahririga koʻra, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish harakatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan (11,1 mln soʻm) 100 baravarigacha (22,3 mln soʻm), mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan (22,3 mln soʻm) 150 baravarigacha (33,4 mln soʻm)miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan.

Yangi qonun loyihasiga koʻra, bunday harakatlar uchun jarima miqdorini oshirish, fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 400 baravarigacha (89,2 mln soʻm), mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 450 baravarigacha (100,3 mln soʻm) miqdorda jarima solish haqidagi meʼyorni kiritish taklif etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala