“O‘zdavkarantin” ToBRFV virusi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishPomidori
Pomidori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda OAVlarda Rossiya O‘zbekistonning Farg‘ona, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlariga eksport uchun taqiq qo‘ygani va bunga pomidor jigarrang bujmayish virusi sabab bo‘lgani muhokamalar markazida bo‘lib, mazkur taqiqlar xususida turli xil fikrlar bildirilmoqda.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekiston O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi pomidor jigarrang bujmayish virusi (Tomato brown rugose fruit virus) yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasini e’lon qildi.

Ushbu virus bilan bog‘liq xabar e’lon qilinganidan so‘ng “Dolzarb 15 kunlik” chora-tadbirlar tezkor rejasi ishlab chiqilgan

Pomidori  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonning yana bir viloyatidan pomidor va qalampir olib kirishni taqiqladi

Ta’kidlanishicha, Rosselxoznadzor vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ularning tajribaviy tavsiyalarini inobatga olingan. Pomidor va bulg‘or qalampiri mahsuloti hamda uning eksportiga jiddiy zarar yetkazuvchi ushbu kasallikning alomatlari, tarqalish yo‘llari va qarshi kurash mexanizmi aniq belgilab berilgan.

Maxsus ishchi guruhi tuzilib, Farg‘ona viloyatiga fitosanitariya holatni batafsil o‘rganish va aniqlik kiritish maqsadida safarbar etilgan. Shuningdek, respublikaning barcha tuman va shaharlari hamda chegara maskanlarida faoliyat yuritayotgan inspektorlarga muntazam ravishda maxsus yo‘riqnoma va topshiriqlar berilgan.

Hozirda respublika hududiga pomidor va kalampir mahsulotlarining urug‘lari olib kirilishi to‘liq cheklangan bo‘lib, mazkur urug‘liklarni eksport qiluvchi davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Sobranniy urojay pomidorov  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish ta’qiqlandi

Respublikaning barcha hududida yetishtiriladigan pomidor mahsulotidan namunalar olinib, Markaziy karantin laboratoriyasida o‘rganilmoqda.

“Dolzarb 15 kunlik” kunlik doirasida respublikaning Qashqadaryo, Navoiy, Farg‘ona hamda boshqa hududlarida pomidor va qalampir ekilgan har bir issiqxonaning joylashgan o‘rni, maydoni, turi va fitosanitariya tozaligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi shakllantirilgan va davomli qat’iy fitosanitariya nazorat o‘rnatilgan.

“O‘rganish va tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunga qadar Respublika hududida mazkur virus aniqlanmagan”, - deyilgan “O‘zdavkarantin” xabarida.

Ta’kidlanishicha, Rosselxoznadzor tomonidan qo‘yilgan vaqtinchalik ta’qiqlar asoslanmagan xavotirlar va turli xil salbiy fikrlar OAVlarda keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda “O‘zdavkarantin” va Rosselxoznadzor karantin xizmatlari o‘rtasida munosabatlarida ken qamrovli xamkorlik barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol o‘zaro rivojlanib kelmoqda.

“Bunga misol joriy yildagi koronavirus pandemiyasiga qaramay “O‘zdavkarantin” murojaatiga ko‘ra Rosselxoznadzor qo‘shimcha ravishda 3 omborni vaqtinchalik saqlash omborlar ro‘yxatiga qo‘shdi hamda ikki davlatning fitosanitariya sohasidagi axborot tizimlari muvaffaqiyatli integratsiyalashtirildi”, - deyilgan xabarda.

Hozirgi kunda respublikaning virusdan xoli ekanligini tasdiqlash maqsadida har bir hudud kesimida yetishtiruvchilar, ya’ni issiqxonalar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ular Rosselxoznadzorga taqdim etilib, qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Rosselxoznadzor vvodit zapret na vvoz vsey rastitelnoy produksii iz Fergani - Sputnik O‘zbekiston
Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

Tomato brown rugose fruit virus - pomidor jigarrang bujmayish virusi kasalligi virusi yangi va juda kam o‘rganilgan virus bo‘lib, faqatgina 2020-yil sentabr oyida Yevropa va O‘rta yer dengizi o‘simliklar karantini va himoyasi A2 ro‘yxatiga ko‘shilgan. Qayd etish kerakki, ushbu kasallik urug‘lar, virus tekkan asboblar, kiyimlar, mexanik vositalar orqali tarqalishi va ekinlarning changlanishi vaqtida ham tarqalishi mumkin. Jigarrang virus kasalligiga chidamli pomidor navlari shu kungacha ishlab chiqilmagan.

Yangiliklar lentasi
0